Kamiy, Karimbek Kamiy (taxallusi; asl ismi: Karimbek Sharifbek oʻgʻli; 1864-yil, Toshkent — 1923-yil, Toshkent) – oʻzbek shoiri, maʼrifatparvar.

Hayoti Karimbek Kamiy 1895-yil Toshkentda tavallud topgan. Dastlab Mansurxon domla qoʻl ostida, soʻng Toshkentdagi „Beklarbegi“ (yoki „Devonbegi“) madrasasida oʻqigan. 1880–1916-yillarda shu madrasada mudarrislik qilgan. 1890-yilllardan shoir sifatida tanilgan, bayozlar tuzgan. Sidqiy Xondayliqiy, Hislat, Miskin, Tavallo kabi koʻpgina shoirlar Kamiyning shogirdlaridan boʻlgan. Oktyabr toʻntarishidan keyin „Turon“ kutubxonasida, savodsizlikni tugatish kurslarida ishlagan.

Kamiy mumtoz sheʼriyatning koʻpgina janr va mavzularida ijod qilgan. Muqimiy, Furqat bilan yaqin aloqada boʻlgan, mushoiralar qilgan. Kamiy ijodi murakkab, dunyoqarashi ziddiyatli. Koʻpchilik sheʼrlarida xalqni maʼrifatli boʻlishga daʼvat etgan („Temir yoʻl xususida“, „Dilki millat gʻamida qon oʻldi…“, "Soldi beilmlik xatolargʻa va boshqalar). XIX asr oxiri, XX asr boshlarida Toshkentda nashr etilgan bayozlarning deyarli hammasida Kamiy sheʼrlari uchraydi. Ijodidan namunalar „Turkiston viloyatining gazeti“ va boshqa vaqtli matbuotda eʼlon qilingan.

Karimbek Kamiy 1922-yil Toshkentda vafot etadi.

Adabiyotlar Oʻzbek adabiyoti [4 jildli], 1-kitob, T., I960; Tanlangan asarlar, T., 1966. Jalolov A., Oʻzbek maʼrifatparvar-demokratik adabiyoti, T., 1978.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Toshkent madrasalarida tahsil olganlar Turkum:Beklarbegi madrasasida tahsil olganlar Turkum:Toshkent madrasalarida mudarrislik qilganlar Turkum:Beklarbegi madrasasida mudarrislik qilganlar Turkum:1864-yilda tugʻilganlar Turkum:1923-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Oʻzbek shoirlari