Kange — Shim. Koreyadagi shahar, Tonnagan daryosi sohilida. Chagando provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 210 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshlari). Transport yoʻllari tuguni. Taxta tilish va yogʻochsozlik, mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. K. yaqinida grafit, toshkoʻmir, mis va b. foydali qazilma konlari topilgan. GES qurilgan. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar