Kordova — Argentinaning markaziy qismidagi shahar. Kordova provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,2 mln. kishidan ziyod (2001). Mamlakatning muhim sanoat va madaniy markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mashinasozlik, jumladan, transport mashinasozligi va metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1613), muzeylar, jumladan, botaniqa muzeyi, konservatoriya bor. Shaharga 1573-yilda asos solingan. XVII—XVIII asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Argentina shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar