James Fenimore Cooper () (1789-yil 15-sentyabr, Berlington, Nyu-York – 1851-yil 14-sentyabr, Cooperstown) – Amerika romantik yozuvchisi. Cooperning 32 roman, 10 jilddan ortiq sayohatnomalari hamda bir necha jilddan iborat publitsistik asarlari bor. Amerika adabiyotining rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshgan Cooper asarlari jahondagi koʻplab tillarga tarjima qilingan, ular asosida kinofilmlar ishlangan.

Birinchi romani – „Ehtiyotkorlik“ (1820). Amerika inqilobi tarixiga oid „Josus“ (1821) tarixiy sarguzasht romani unga katta shuhrat keltirgan. „Soʻnggi mogikan“ (1826), „Choʻl“ (1827), „Izquvar“ (1840), „Chingachguk – ulkan ilon“ (1841) va boshqa romanlarida oq tanlilarga qarshi kurashgan Amerika indeyslarining hayoti, vatanparvarligi tasvirlangan. „Lotsman“ (1823), „Boston qamali“ (1825) romanlari dengizchilarning sarguzashtlariga bagʻishlangan. Yevropadagi voqealar tasvirlangan tarixiy romanlar turkumi („Qandingni ur“, 1831; „Geydenmauer yoki Benediktliklar“, 1832; „Jallod yoki uzumzorlar abbatligi“, 1833 va boshqalar) Cooper ijodida muhim ahamiyat kasb etgan. Cooper 1830-yillarning 2-yarmidan boshlab Amerika hayotidagi illatlarni fosh etuvchi hajviy asarlar yoza boshlagan. „Monikinlar“ (1835) romanida maʼrifatparvarlar va Jonathan Swift ijodiga xos ramziylik, majoziylik anʼanalarini davom ettirgan.

Adabiyotlar Soʻnggi mogikan, T., 1973; Chingachguk – ulkan ilon, T., 1971-1986; Josus, T., 1979; Izkunar, T., 1984.

Manbalar

Havolalar

Jeyms Fenimor Kuper Open Library da Jeyms Fenimor Kuper jamiyatining bosh sahifasi Jeyms Fenimor Kuperning maktublari va qoʻlyozma qismlari . Lehigh universitetining I Remain: A Digital Archive of Letters, Manuscripts, and Ephemera boʻlsa ham onlayn tarzda mavjud. „Fenimor Kuperning adabiy jinoyatlari“, Mark Tven tomonidan yozilgan insho Jeyms Fenimor Kuper toʻplami. Yel Amerika adabiyoti toʻplami, Beinecke nodir kitoblari va qoʻlyozmalar kutubxonasi.

Turkum:Amerikalik yozuvchilar Turkum:1789-yilda tugʻilganlar Turkum:1851-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Yozuvlar haqidagi chala maqolalar Turkum:Adabiy janrlar Turkum:Romantizm yozuvchilari