Haj surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. Madiniy suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.
Asosiy mavzusi Sura dillar dahshatga tushib, aqllar adashadigan, ona emizayotgan goʻdagini unutib, homilador ayol homilasini tashlab yuboradigan Qiyomat oldi dahshatlarini tasvirlash bilan boshlanadi va oʻz hayotlarini Tangri taolo buyurgan dini Islom ahkomlariga amal qilish bilan oʻtkazgan kishilar uchun oʻsha Kunda ham hech qanday xavf-xatar boʻlmasligi, din-u iymonsiz tirikchilik qilib oʻtgan kimsalar esa U Kunda xor-u rasvo boʻlishlari taʼkidlanadi.
Maʼlumki, agar Makkada nozil qilingan suralarda soʻz, asosan, iymon, eʼtiqod haqida ketsa, Madinada nozil qilingan suralarda gʻoliban Shariati islomiyadagi qonun-qoidalar zikr qilinadi. Inchunun ushbu sura ham bundan mustasno emas. Bu surada Islom dinining besh asosiy ruknidan biri boʻlmish Haj ibodati va Odam alayhissalomdan qolgan "Eski Uy" — "Baytulloh" xususida ancha batafsil bayon qilinadiki, suraning "Haj" deb nomlanishiga ham sabab shudir.
Manbalar