Josiya surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.
"Josiya" soʻzi "tiz choʻkuvchi" degan maʼnoni bildiradi. Ushbu suradagi qiyomat kuni vasfiga oid oyatlardan birida: "Har bir ummatni tiz choʻkuvchi holida koʻrasan" deyiladi. Oʻsha oyatdagi "josiya" kalimasi suraga nom boʻlib qolgan.
Dastlabki oyatlaridanoq osmonlar va yerdagi har bir narsa va voqea-hodisada yagona Yaratguvchining borligiga dalolat qiladigan alomatlar mavjud ekanligini uqtiradigan bu surada ham soʻz, asosan, iymon-eʼtiqod ustida boradi.
Bu surada yana Bani Isroil qavmiga Tangri taolo tomonidan ato etilgan noz-neʼmatlar va imtiyoz, fazilatlarga ular noshukurlik qilganliklari haqida va umuman, havoyi nafslarini "Xudo" qilib olgan kimsalar va ularning topajak oqibatlari xususida xabarlar beriladi.
Sura nihoyasida Qiyomat kunida roʻy beradigan ahvol tasvirlanadi va u Kunda har bir ummat tiz choʻkkan holda Alloh tarafidan boʻladigan hukmga koʻz tutib turishi bayon etiladi. Suraning "Josiya" — "Tiz choʻkuvchilar" deb atalishining sababi shudir. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Josiya surasi. Alouddin Mansur
Manbalar
Havolalar Josiya surasi youtube.comda