Manzum (arab. — tuzilgan, terilgan yaʼni, nazm holiga keltirilgan), aytim yoʻli — Xorazm maqomlari ashula boʻlimining nomi. Har bir maqomda manzum bir necha ashula qismlaridan iborat yirik turkumni tashkil etadi. Ularda tuzilishi birligi, vazn-usul va shak-llarning esa xilma-xilligi bilan taʼriflanadi. Manzumning bosh shoʻʼbasi Shashmaqomdan farqli oʻlaroq bosh cholgʻu qismi kabi tani maqom deb ataladi. Asosiy qismlari — Talqin, Nasr, Tarona, Suvora, Naqsh, Faryod, Ufar va boshqa oʻziga xos ashula yoʻllarini oʻz ichiga oladi. Ular muayyan tartibda, asosan gʻazallarga bastalangani uchun manzum deyiladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Xorazm maqomlari