Mirzo Olim Toshkandiy Ibn Mirza Rahim (taxallusi Mushrif) (XIX asr) – tarixchi olim, shoir.

Qoʻqon xonlari Xudoyorxon va Mallaxon saroylarida mushrif (nazoratchi) vazifasida ishlagan. XIX asr oxirida yozgan „Ansob ussalotin va tavorix ul-xavoqin“ („Sultonlar shajarasi va xoqonlar tarixi“) asari bilan mashhur. Asar Fargʻonaning XV—XIX asrlar orasidagi tarixini oʻz ichiga oladi. Muallif, ayniqsa, Qoʻqon xonligini soʻnggi davri 1842—1876-yillar tarixini keng yoritgan. Asarda Qoʻqon adabiy muhiti batafsil tasvirlangan. Mazkur asar boʻyicha dastlabki maʼlumotni Validiy keltirib, 1913-yilda uni Qoʻqonda Yunusjon dodxoh kutubxonasida koʻrganligini yozgan. Bir nechta qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Oʻzbek va tojik tillarida „Mushrif“ taxallusi bilan sheʼrlar yozganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Asarlari Qoʻqon xonligi tarixi (Ansob ussalotin va tavorix ul-xavoqin), T., 1995.

Manbalar

Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Qoʻqon xonligi shoirlari