Mirshakar (taxallusi; asl ism-sharifi Mirshakarov Mirsaid) — tojik shoiri, drammaturg. Tojikiston xalq shoiri (1962). Tojik adabiyotida sheʼriyatning epik janrlarini rivojlantirgan. „Zafar bayrogʻi“ (1934) dostonida Vaxshdagi qurilishlar aks etgan. Xalq afsonasi asosida yaratilgan „Oltin qishloq“ (1942) dostoni tojik sheʼriyatining eng yaxshi namunasidan biri hisoblanadi. „Notinch panj“ (1949), „Muhabbat va burch“ (1962) va boshqa dostonlarida tojik xalqi hayotidagi tarixiy voqealar ifodalangan. Mirshakar „Oltin qishloq“ (1949), „Usmonov fojiasi“ (1975) va boshqa drammalar, „Ilhom“ sheʼriy toʻplami (1967), „Yoshlik ayyomi“ (1972) kitobi va boshqa asarlar muallifi. Mirshakar tojik bolalar adabiyotining asoschilaridan. „Ishq ustozi“ (1945), „Mening shahrim“ (1963) pyesalari keng ommalashgan. „Oltin qishloq“ (1948), „Biz pomirdanmiz“ (1968) kitoblari oʻzbek tilida nashr qilinganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Pyesalari Dramaturg
„Uchitel' lyubvi“ (1945) „Toshbek i Gulkurbon“ (1946) „Oshibka Bobosafara“ (1947) „Moy gorod“ (1952) „Tragediya Usmanova“ (1957) „Vashe schastʼye — moye schastʼye“ (1966) „Shkol’noye znamya“ (1969) „Dorogoy ottsov“ (1971) „Bitva v pustyne“ (1974)
Filmografiyalari Ssenariychi
„Deti Pamira“ (1963) „Razoblacheniye“ (1968) „Vpered, gvardeytsy“ (telefil’m, 1971) „Kratkiye vstrechi na dolgoy voyne“ (1975) Karavan schastʼya „Golosa gor“ (po motivam odnoimennoy poemy, 1960) „Prazdnik krasnogo galstuka“ (tele dok fil’m, 1974)
Dokumental’nyye fil’my o zhizni i tvorchestve
„Mirsaid Mirshakar“ (1972) „Poet Mirsaid Mirshakar“ (1977) „Nash Mirshakar“ (1983)
Mukofatlari
Uchinchi darajali Stalin mukofoti (1950) — „Oltin qishloq“ (1942), „Isyonkor Panj“ (1949) sheʼrlari uchun. Tojikiston SSR xalq shoiri (1962) A. Rudakiy Davlat mukofoti (1967) Tojikiston SSR Lenin komsomol mukofoti (1972) „Tinchlik uchun kurashchi“ faxriy medali (Sovet tinchlik qoʻmitasi) Leninning ikkita ordeni (shu jumladan 1957-yil). Oktabr inqilobi ordeni ikkita Mehnat Qizil Bayroq ordeni ikkita „Shon-sharaf belgisi“ ordeni Xalqlar doʻstligi ordeni Tojikiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumining medallari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Xotira
Dushanbeda M.Mirshakar nomidagi Davlat Respublika bolalar kutubxonasi nomi berilgan (2003) „Mirsaid Mirshakar“ hujjatli filmi (1972) „Shoir Mirsaid Mirshakar“ hujjatli telefilmi (1977) Bizning Mirshakar hujjatli filmi (1983) Dushanbedagi koʻchalardan biri Mirsaid Mirshakar Tojikiston.ru nomi bilan ataladi Roshtqal’a tumanida shoir nomiga qishloq kengashi berilgan.
Manbalar
Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:1912-yilda tugʻilganlar Turkum:5-mayda tugʻilganlar Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Tojikiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari
Turkum:1953-yilda tugʻilganlar Turkum:1991-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar