William Somerset Maugham (; 1874-yil 25-yanvar, Parij – 1965-yil 16-dekabr, Nice) – ingliz yozuvchisi. Fransiyadagi Britaniya elchixonasida xizmat qilgan. Heidelberg universitetida, keyin Londondagi tibbiyot institutida tahsil koʻrgan. Maughamning shu yillarda kechirgan hayoti materiallari asosida yozilgan „“ („Lambetlik Liza“) (1897) romani mashhur. Shundan keyin Maugham vrachlik ixtisosidan voz kechib, yozuvchilik bilan shugʻullangan. U asosan Fransiyaning janubiy tomonlarida yashab, 60 yillik adabiy faoliyati davomida koʻplab roman, hikoya, pyesa, adabiy-tanqidiy etyud va memuar asarlar yozgan.

Maugham Birinchi jahon urushi yillarida Britaniya razvedkasining xodimi sifatida bir qancha mamlakatlar, shu jumladan, Rossiyada ham boʻlgan va „“ („Ashenden yoki Britaniya agenti“) (1928) hikoyalar toʻplamida shu haqda naql qiladi. Maugham birinchi pyesasi – „“ („Ledi Frederick“) (1907) ning katta muvaffaqiyat qozonganidan ragʻbatlanib, „“ („Nomaʼlumlik“) (1920), „“ („Sadoqatli xizmati uchun“) (1932) va „“ (1933) pyesalarini yozgan. Maugham pyesalarida XX asrning 1-yarmidagi ingliz jamiyati hayoti manzaralari aks etgan. Adibning Yomgʻir nomi ostida hikoyalar toplami Akademnashr nashryotida oʻzbekchaga oʻgirilib chop etildi. „“ („Oy va choychaqa“) (1919), „“ („Shirin kulcha va pivo“) (1930), „“ („Teatr“) (1937) va boshqa asarlar muallifi. Maughamning „“ („Insoniy ehtiroslar zalvori“) (1915) avtobiografiy romani, ayniqsa, mashhur boʻlib, unda roman qahramoni – yosh yigit va u bilan toʻqnashgan kishilar talqinidagi nozik psixologizm hayot manzaralarining keng tasviri bilan tutashgan holda asarga oʻzgacha badiiy latofat bagʻishlagan. „Notanish odam Parijda“ romani oʻzbek tiliga tarjima qilingan (2002).

Manbalar

Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Havolalar

Turkum:1874-yilda tugʻilganlar Turkum:1965-yilda vafot etganlar Turkum:Ingliz yozuvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar