Kamol Murodov (1974-yil 29-noyabrda Buxoro viloyati Olot tumanida tugʻilgan) — oʻzbek dzyudochisi. 1996 va 2000-yildagi yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi, 2000-yilgi Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 1998-yilda yozgi Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori.

Tarjimai holi Kamol Murodov 1974-yil 29-noyabrda Buxoro viloyati Olot tumanida dunyoga keladi.

1996-yili Atlantada boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi safiga qoʻshiladi va 95 kg dan yuqori vazn toifasida ishtirok etdi. Murodov 1/8 finalda lyuksemburglik Igor Myullerga 2 daqiqada taslim boʻladi .

1998-yili Bangkokda boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 90 kg vazn toifasida ishtirok etib, bronza medali sohibi boʻladi.

Kamol Murodov 2000-yili Sidneyda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida u Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. 90 kg gacha vazn toifasida ishtirok etib, 1/8 finalda esa 3-daqiqada janubiy koreyalik Yu Son Yonuga magʻlub boʻladi .

Kamol oʻsha yili Osaka shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida finalda janubiy koreyalik Yun Don Sikuga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritadi .

U bir necha bor vakillik xalqaro turnirlarida gʻolib boʻlgan: 1998-yilda Myunxendagi World Masters musobaqalarida, 1999-yilda Nyu-Yorkdagi New York Open turnirida, 2000-yilda Nabuldagi turnirda gʻolib chiqqan .

Kamol Murodov Harbiylar boʻyicha uch marotaba jahon chempionatida gʻolib boʻladi: 1997-yilda Dubrovnikda va 1998-yilda Sankt-Peterburgda bronza medallarini, 2000-yilda Den Xelderda kumush medalini qoʻlga kiritadi .

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan dzyudochilari