Muqaddas Rim imperiyasi — oʻrta asrlardagi imperiya (962—1806). German qiroli Otton I tomonidan Shimoliy va Oʻrta Italiya (Rim bilan birga) boʻysundirilgach (962 yil), tashkil topgan. „Muqaddas Rim imperiyasi“ tarkibiga: Chexiya, Burgundiya (Arelat), Niderlandiya, Shveysariya yerlari ham kirgan. Bu imperiya german zodagonlarining manfaatini himoya qilgan va bosqinchilik siyosati olib borgan.

„Muqaddas Rim imperiyasi“ 11 —XIII asrlarda Rim papalari bilan investitura huquqini olish, Italiyaga xukmronlik qilish uchun kurashganlar. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin imperator hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan. Napoleon I ning gʻalabasi tufayli „Muqaddas Rim imperiyasi“ ning bir qismi zabt etilishi va Gʻarbiy Germaniyada bir qancha hududiy oʻzgarishlar qilinishi oxirgi imperator Frans II ni taxtdan voz kechishga majbur qilgan. Shundan soʻng „Muqaddas Rim imperiyasi“ rasman tugatilgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Muqaddas Rim imperiyasi (lotincha:Sacrum Romanum Imperium; nemischa: Heiliges Römisches ReichLauryssens 1999, p. 120. ), Gʻarbiy, Markaziy va Janubiy Yevropadagi davlat boʻlib, ilk oʻrta asrlarda tashkil topib,1806-yilda Napoleon urushlari natijasida parchalangan"Holy Roman Empire". Encyclopædia Britannica Online. Retrieved 15 February 2014.. 962-yilda Otton I taxtga oʻtirganidan to XII asrgacha imperiya Yevropadagi eng kuchli monarxiya ediCoy, Jason Philip; Marschke, Benjamin; Sabean, David Warren (1 October 2010). The Holy Roman Empire, Reconsidered. Berghahn Books. p. 2. ISBN 978-1-84545-992-5. Retrieved 6 February 2022.. Tarixchi Endryu Xolt uni „ehtimol, Oʻrta asrdagi eng qudratli Yevropa davlati“Holt, Andrew (5 June 2019). The World of the Crusades: A Daily Life Encyclopedia [2 volumes]. ABC-CLIO. p. 360. ISBN 978-1-4408-5462-0. Retrieved 6 February 2022. deb taʼriflaydi. Markazlashtirilgan boshqaruv 1250-yillarga kelib susuya boshladiPeters, Edward (1977). Europe: the World of the Middle Ages. Prentice-Hall. p. 418. ISBN 978-0-13-291898-5. Retrieved 6 February 2022..

Oʻzining eng gullab-yashnagan davrida imperiya tarkibiga: Germaniya, shimoliy va markaziy Italiya, Chexiya, shuningdek, Fransiyaning ayrim hududlari kirgan. 1034-yilgacha Muqaddas Rim imperiyasi rasmiy ravishda uchta qirollikdan: Germaniya, Italiya va Burgundiyadan iborat ediEskildsen, Kasper Risbjerg (24 February 2022). Modern Historiography in the Making: The German Sense of the Past, 1700-1900. Bloomsbury Publishing. p. 56. ISBN 978-1-350-27150-0. Retrieved 9 March 2022.. 1041-yilda Bogemiya Knyazligi imperiya tarkibiga kirdi, u 1198-yilda Bogemiya qirolligiga aylandi (rasmiy ravishda imperiya ichidagi bu maqom unga 1212-yilda "Sitsiliya oltin buqasi" bilan berilgan edi). Sitsiliya qirolligi ham 1197-yildan boshlab, imperiya tarkibiga qoʻshildiLotito, Mark A. (16 September 2019). The Reformation of Historical Thought. BRILL. ISBN 978-90-04-34795-3..

Imperiya 962-yilda Germaniya qiroli Otton I tomonidan tashkil etilgan va qadimgi Rim imperiyasi va Buyuk Karl Frank imperiyasining bevosita davomi sifatida koʻrilgan. Imperiya mavjudligining butun tarixi davomida markaziy hokimiyat va imperiya tarkibiga kirgan davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni oʻzgartirish jarayonlari uzluksiz davom etdi. Imperiya oʻzining butun tarixi davomida bir necha yuzlab hududiy-davlat tuzilmalarini birlashtirgan murakkab feodal iyerarxik tuzilishga ega markazlashmagan davlat birlashmasi boʻlib qoldi. Imperiyaning boshida Imperator turar ediBryce 1899, pp. 2-3.. Imperator unvoni merosiy emas edi, imperator saylovchilar kollegiyasi tomonidan saylov natijalariga koʻra tayinlangan. Imperatorning hokimiyati hech qachon mutlaq boʻlmagan, uning vakolatlari Germaniyaning yuqori tabaqa zodagonlari va XV asrning oxiridan boshlab imperiyaning asosiy davlatlari manfaatlarini ifodalovchi Reyxstag bilan chegaralangan edi.

Imperiya oʻzining dastlabki davrida feodal- teokratik davlat xarakteriga ega boʻlib, imperatorlar xristian olamida eng yuqori hokimiyatga daʼvogar edilar. Papa taxtining mustahkamlanishi va Italiyaga egalik qilish uchun koʻp asrlik kurash Germaniyada hududiy knyazlar kuchining bir vaqtning oʻzida oʻsishi imperiyadagi markaziy hokimiyatni sezilarli darajada zaiflashtirdiWhaley, Joachim (2012a). Germany and the Holy Roman Empire, Volume I: Maximilian I to the Peace of Westphalia, 1493-1648. Vol. I. Oxford: OUP. ISBN 978-0-19-873101-6.. Oʻrta asrlarning oxirlarida imperiya tarkibiga kirgan davlatlar yarim mustaqil yarim mustaqil edilar. Biroq, XV asr oxiri — XVI asr boshlarida amalga oshirilgan "imperator islohoti " markaziy hukumatning taʼsirini kuchaytirishga va imperator va imperiya tarkibidagi davlatlar oʻrtasida kuchlar muvozanatini shakllantirishga imkon berdiMoraw, Peter (1999) . „Heiliges Reich“. Lexikon des Mittelalters. Vol. 4. Munich & Zürich: Artemis.. Ammo Reformatsiya Yevropadagi 30 yillik urushdan soʻng inqirozga uchradi va Reyxstag imperiyaning asosiy kuchiga aylantirildi. Imperiya Yangi davrda oʻz fuqarolarining mustaqilligini, shuningdek, mulklarning anʼanaviy huquq va imtiyozlarini himoya qilishni taʼminladi. Vestfaliya tinchlik shartnomasidan soʻng imperiyada bir nechta diniy mazhablar shakllandi, Imperiya katoliklar va protestantlar oʻrtasida diniy urushlar kelib chiqarmaslikka harakat qildi. Oʻttiz yillik urush tugaganidan keyin imperiyada hokimiyatni markazlashtirishga urinishlar kuzatilmadiGaripzanov, Ildar H. (2008). The Symbolic Language of Authority in the Carolingian World (c.751-877). Leiden: Brill..

XVIII asrda imperiya tizimining markaziy hokimiyat taʼsirining pasayishi kuzatildi. Muqaddas Rim imperiyasi 1806-yilgacha mavjud boʻldi, Imperiya Napoleon urushlari vaqtida tugatildi, oxirgi imperator Frans II taxtdan voz kechdi, Imperiya oʻrnida Reyn konfederatsiyasi tashkil etildiWilson, Peter H. (1999). The Holy Roman Empire, 1495-1806. London: MacMillan..

Kelib chiqishi Oʻrta asr Rim imperiyasi bilan bogʻliq boʻlgan sakrum („muqaddas“ degan maʼnoni anglatadi) atamasi 1157-yildan boshlab Fridrix I tomonidan ishlatika boshlangan. Ungacha bu davlat Rim imperiyasi hududi deb atalganSchulze, Hans K. (1998). Grundstrukturen der Verfassung im Mittelalter [Basic structures of the constitution in the Middle Ages] (in German). Vol. Bd. 3 (Kaiser und Reich). Stuttgart: Kohlhammer Verlag..

1512-yilda Kyoln imperatorlik qonun chiqaruvchi organining farmoni bilan imperiya nomi rasman Germaniya xalqlarining muqaddas imperiyasi (nemischa: Heiliges Römisches Reich Deutscher Nation, lotincha: Imperium Romanum Sacrum Nationis Germanicæ) deb oʻzgartirildi. Muqaddas Rim imperiyasi oʻz nomini Rim imperiyasidan olgan va uning vorisi hisoblanganWilson, Peter H. (December 2006). „Bolstering the Prestige of the Habsburgs: The End of the Holy Roman Empire in 1806“. The International History Review. 28 (4): 709-736. doi:10.1080/07075332.2006.9641109. S2CID 154316830..

Fransuz maʼrifatparvar adibi Volter ushbu imperiya haqida kinoya bilan shunday yozadi: „Oʻzini Muqaddas Rim imperiyasi deb ataydigan va oʻzini muqaddas Rim imperiyasi deb atashda davom etayotgan bu davlat na muqaddas, na Rim imperiyasi, na imperiya“Voltaire (1773) . „Chapitre lxx“. Essais sur les mœurs et l'ésprit des nations. Vol. 3 (nouvelle ed.). Neuchâtel. p. 338. Ce corps qui s’appelait, & qui s’appelle encore, le Saint-Empire Romain, nʼétait en aucune manière, ni saint, ni romain, ni empire.

Tarix

Ilk oʻrta asrlar

Karolinglar davri

V asrda Galliyadagi Rim hokimiyati mavqeyining pasayishi fonida mahalliy german qabilalari bu yerda nazoratni oʻz qoʻliga oldi. V asr oxiri va VI asr boshlarida Xlodvig I va uning vorislari boshchiligidagi merovinglar frank qabilalarini birlashtirib, Shimoliy Galliya va oʻrta Reyn daryosi vodiysi mintaqasi ustidan oʻz nazoratini oʻrnatdiDavies, Norman (1996). A History of Europe. Oxford.. VIII asrning oʻrtalariga kelib, merovinglar yoʻboshchisiga aylangan Karl Martel boshchiligidagi karolinglar sulolasi amalda bu huddudda oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Uning oʻgʻli Pipin Pakana 751-yilda rasman Franklar qiroli boʻldi va Rim papasining roziligini oldi. Karolinglar oilasi papa bilan yaqin ittifoq tuzishdiMcKitterick, R. (2018). The Frankish Kingdoms Under the Carolingians 751-987. Taylor & Francis. ISBN 978-1-317-87248-1..

768-yilda Pipin Pakananing oʻgʻli Karl Franklar qiroli boʻldi va qirollik hududlarini kengaytira boshladi. Oxir-oqibat u oʻz mamlakati hududiga hozirgi Fransiya, Germaniya, Shimoliy Italiya, Markaziy Yevropa mamlakatlari hududlarini qoʻshib oldi. Endi Franklar qirolligi bevosita Papa yerlari chegaradosh boʻlib qoldi"France: History, Map, Flag, Capital, & Facts". Encyclopædia Britannica Online..

797-yilda Sharqiy Rim imperatori Konstantin VI oʻzini imperator deb eʼlon qilgan onasi Iren tomonidan taxtdan chetlatildi. Katolik cherkovi faqat erkak Rim imperatorini xristian olamining boshligʻi deb hisoblaganligi sababli, Papa Lev III yangi Rim imperatori uchun nomzod qidira boshladiDuffy, Eamon (1997). Saints & Sinners: A History of the Popes. Yale University Press..

Karlning lombardlarga qarshi Papa mulkini himoya qilishda cherkovga koʻrsatgan yordami uni ideal nomzodga aylantirdi. 800-yilning 25-dekabrda Rim papasi Lev III Buyuk Karlga imperatorlik tojini kiygazdi va Gʻarbda uch asr davomida birinchi marta imperatorlik unvonini tikladi. Bu papaning tanazzulga yuz tutayotgan Vizantiya imperiyasidan yuz oʻgirib, Karolinglar boshqaruvidagi franklar qirolligining yangi kuchga aylanishining ramzi sifatida koʻrish mumkin. Buyuk Karl Renovatio imperii Romanorum („Rim imperiyasining yangilanishi“) unvonini qabul qildi.

814-yilda Buyuk Karl vafot etgandan soʻng, imperatorlik toji uning oʻgʻli Lyudovik I Taqvodorga oʻtdi. 840-yilda Lyudovik I vafot etgandan soʻng, hokimiyat uning oʻgʻli Loterga oʻtdi. Bu vaqtda Buyuk Karl hududi bir necha hududlarga boʻlinib ketgan edi. IX asr oxirlarida Gʻarbiy Franklar qirolligi va Sharqiy Frank qirolligi hudularini qirol Karl Kal va Karl Semiz Imperiyani qisqa vaqt ichida birlashtira oldi. 888-yilda Karl Semiz vafotidan keyin Karolinglar imperiyasi parchalanib ketdi va hech qachon qaytib tiklanmadiCollins, Paul (2014). The Birth of the West: Rome, Germany, France, and the Creation of Europe in the Tenth Century. ISBN 9781610393683..

Sharqiy Frank qirolligi Taxminan 900-yilda Sharqiy Frank qirolligining gersogliklari (Frankoniya, Bavariy , Shvabiya, Saksoniya va Lotaringiya) qayta birlashdi. 911-yilda Karolinglar qiroli Lyudovik II vafot etganidan soʻngWitt, Ronald G. (19 March 2012). The Two Latin Cultures and the Foundation of Renaissance Humanism in Medieval Italy. Cambridge University Press. p. 27. ISBN 978-0-521-76474-2. Retrieved 6 February 2022., Sharqiy Frank tojini kiyish uchun Gʻarbiy Frank qiroliga murojaat qilinmadi, balki uning oʻrniga Frankoniya gersogi Konradni Rex Francorum Orientalium qilib sayladi. 919-yilda oʻlimi oldidan Konrad tojni Saksoniyalik Genrix Faulerga (919-936-yillar) topshirdiChambers, Mortimer (1974). The Western Experience. Knopf. p. 204. ISBN 978-0-394-31806-6. Retrieved 6 February 2022..

Genrix 936 yilda vafot etdi, lekin uning avlodlari, Ottoniylar (yoki yudolfing) sulolasi Sharqiy Frank qirolligini (yoki Germaniya qirolligi) taxminan bir asr davomida boshqarishdi. Genrix Faulerning oʻlimidan soʻng, uning oʻgʻli Otton I 936-yilda Axenda qirol etib saylandiBarraclough, Geoffrey (1984). The Origins of Modern Germany. New York: W. W. Norton & Co. Inc. ISBN 978-0-393-30153-3.. U kichik grafliklar va bir necha gersoglarning bir qator qoʻzgʻolonlarini bostirdi. Shundan soʻng, qirol gersoglarning tayinlanishini nazorat qilishga muvaffaq boʻldiBarraclough 1984, pp. 101-134.. U Sharqiy Frank gersogliklarining aksariyat rahbarlarini oʻz qarindoshlari bilan almashtirdi. Shu bilan birga, u oʻz oila aʼzolarining qirollik huquqlarini buzilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun eʼtiborli boʻldi.

Muqaddas Rim imperiyasining tashkil topishi