Fetssan (Fezzan) – Liviyadagi tarixiy viloyat. VII asrgacha mahalliy qabilalar mustaqilliklarini saqlab qolganlar. VII asrdan arablar qoʻl ostida oʻtgan XVI asrdan Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻlgan. 1911 – 1912 yillardagi Italiya – Turkiya urushidan soʻng Italiyaning Liviya mustamlakasiga kirgan (aholining qattiq qarshiligi natijasida italyan qoʻshinlari fetssanni faqat 1930-yil egallashgan). Fetssan 1943 yil fransuz qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. (1956 yilda esa u yerdan chiqarilgan). 1951 – 1963 yillarda Liviya qirolligida 3 viloyatdan biri Fetssan edi.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Fetssan · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.