Nimr Bakir Amin an-Nimr – Saudiyada faoliyat yuritgan Shialik mazhabi imomiSaudi Arabia executes 47 people in one day including Shia clericشیخ نمر، صدای بهار عربی در عربستان سعودی BBC PersianKem bil shiitskiy propovednik, kazn kotorogo vskolixnula Blijniy Vostok.

Biografiyasi Saudiya Arabistonining sharqiy qismidagi Al-Qatif shahri yaqinidagi Al- Avamiya qishlogʻida Fors koʻrfazi qirgʻogʻida tugʻilgan.

U oʻz nutqlarida va maʼruzalarida Saudiya Arabistonidagi mazhablar boʻyicha kamsitish va shialarga nisbatan zulm haqida tez-tez gapirgan. Vaʼzgoʻy sifatida mamlakatdagi shia ozchiligi orasida, ayniqsa qirollikning Sharqiy viloyatida mashhur boʻldi. Nimr an-Nimrning Muhammad ismli ukasi bor edi. 2004 va 2006-yillarda qisqa muddatga hibsga olingan va 2008-yilda amerikalik diplomatlar bilan uchrashgan. Ular uning shialarga taʼsiri tez oʻsib borayotganini qayd etishgan va Nimr an-Nimrni qirollikdagi ikkinchi muhim shia arbobi deb ataganSaudi police arrest prominent Shi’ite Muslim cleric | Reuters .

Qatl etilishi va xalqaro nizolar 2015-yil 25-oktyabrda Saudiya Arabistoni Oliy sudi shayxning apellyatsiya arizasini rad etdi va shu bilan uning qatl etilishiga imkon yaratdi. Qirol Salmon oʻlim hukmini tasdiqladi.

Uning rafiqasi Mona al-Jubeyr Nyu-Yorkdagi kasalxonada vafot etdiنمر، صدای بهار عربی در عربستان سعودی BBC Persian.

2016-yil 2-yanvarda Nimr an-Nimr qatl qilindiSaudi Arabia executes 47 people in one day including Shia cleric . Saudiya hukumati an-Nimrni musulmonlar qabristoniga dafn qildi, jasad qarindoshlariga berilmadiTelo kaznennogo shiitskogo propovednika an-Nimra ne peredadut seme // RIA Novosti. – 03.01.2016, 14:42.

Siyosatchilar va shia ruhoniylari qatlni qoraladilarYevgeniy Kalyukov Blijniy Vostok nakrila volna protestov iz-za kazni shiitskogo propovednika (http://www.rbc.ru/politics/ ). – 02.01.2016, 18:03. Eron yetakchisi va oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiy: „Shahid Shayx Nimrning qatl etilishi Saudiya Arabistoni rahbariyatining siyosiy xatosi boʻldi. Ulamoning nohaq toʻkilgan qoni Saudiya Arabistoni rahbariyatining jazolanishiga olib keladi“Kazn sheyxa an-Nimra – bolshaya politicheskaya oshibka, zayavil Xamenei // TASS informatsionnoe agentstvo. – 3 yanvarya 2016, 11:24.

An-Nimrning qatl etilgani e'lon qilinganidan keyin Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Livan va Eronda shia namoyishlari bo'lib o'tdi. Saudiya Arabistonida o'nlab shialar Al-Avomiyadan Al-Qatifgacha yurish uyushtirishdi. Rasmiylar mumkin bo'lgan tartibsizliklarni bostirish uchun Al-Qatifga qo'shin yubordi. Bahraynda politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz yordamida namoyishchilarni tarqatib yubordi.

Eronlik namoyishchilar Saudiya Arabistonining Tehrondagi elchixonasiga molotov kokteyli uloqtirib, bostirib kirishdi. 3-yanvarga o‘tar kechasi Eron politsiyasi namoyishchilarni elchixonadan chiqib ketishga majbur qildi.

4-yanvar kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Saudiya Arabistonidan keyin Bahrayn, va Sudan Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Birlashgan Arab Amirliklari oʻz elchisini chaqirib oldi va Eron bilan diplomatik munosabatlarni muvaqqat ishlar vakili darajasiga tushirganini eʼlon qildi. 5-yanvar kuni Quvayt oʻz elchisini Erondan chaqirib oldi va mamlakat tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Xolid Sulaymon al-Jaralloh Eron elchisiga norozilik notasini topshirdi. 6-yanvar kuni Jibuti Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi. 7-yanvarda Somali Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi.

Manbalar

Havolalar Podborka publikatsiy o protsesse Statya ob utverjdenii prigovora i ego vozmojnix posledstviyax dlya otnosheniy Irana i Saudovskoy Aravii Reportaj TVTs Statya na sayte Lenta.ru

Turkum:Shialar Turkum:Ar-Riyodda vafot etganlar