Mehribon Aliyeva (Toʻliq ismi: Aliyeva Mehribon Orif qizi) — Ozarbayjon Respublikasi Birinchi vitse-prezidenti; Ozarbayjon Respublikasi Prezidentinining umr yoʻldoshi, Haydar Aliyev Fondi va Ozarbayjon Madaniyati Fondining Prezidenti, YUNESKO va ISESKOning ezgu niyat elchisi.
Hayoti Oilasi Aliyeva Mehribon Orif qizi 1964- yilning 26-avgustida Boku shahrida, ziyolilar oilasida dunyoga keldi. U yozuvchi, adabiyotshunos, Ozarbayjonda Xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori (1947), professor Mir Jalol Pashayev va atoqli jurnalist, pedagog, Xizmat koʻrsatgan fan arbobi Nosir Imanguliyevning nabirasidir.
Otasi, Orif Pashayev, taniqli olim, pedagog, jamoat arbobi, Milliy Ilmiy Akademiyaning akademigi, Davlat Mukofoti laureati, fizika-matematika fanlari doktori, professor. 1996-yildan hozirgi kunlarga qadar „Ozarbayjon Havo Yollari“ Davlat Kontserni Milliy Aviatsiya Akademiyasining rektori sifatida ishlab kelmoqda.
Onasi, Aida Imanguliyeva, sharqshunos, adabiyotshunos, tanqidchi, tarjimon, filologiya fanlari doktori, professor. Aida Imanguliyeva arab adabiyoti boʻyicha birinchi doktor, birinchi ayol-professor. Uning koʻplab ilmiy asarlarida (3 monografiya, 70-dan ziyod ilmiy maqolalar) Gʻarb va Sharq madaniy anʼanalari sintezi, faoliyat uslublarining taraqqiy etishi, yangi badiiy oqimlarning shakllanishi tadqiq qilinadi va ular nafaqat arab adabiyoti, balki kelajakda Sharq yangi adabiyotini oʻrganishda ham juda muhim asos boʻlib xizmat qiladi. Aida Imanguliyeva 1992-yil 19-sentyabrda vafot etgan.
Maʼlumoti Mehribon Aliyeva, 1982-yilda Boku shahridagi 23-oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatib, Ozarbayjon Davlat Tibbiyot Institutining davolash-profilaktika fakultetida tahsilni davom ettirdi. Intervyularning birida u kasb tanlashi haqida shunday degandi: Esimni tanigandan buyon boshqa yoʻl yoʻq edi. Onam sharqshunos-olim, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik Institutining rahbari edi. Ammo maktabni tugatganda shifokor boʻlish orzusida hujjatlarini tibbiyot institutiga topshirgan. Biroq negadir ota-onasi unu fikridan qaytarishga erishishgan, natijada u taniqli filolog boʻlib yetishgan. Onamning ushalmagan orzusi mening kim boʻlishimni belgilab berdi. Ixtisosimni tanlashda esa umr yoldoshim Ilhomning onasi, shifokor-oftalmolog Zarifa xonimning taʼsiri boʻldi. U 1988-yilda M.Sechenov nomidagi 1-Moskva Davlat Tibbiyot Institutini imtiyozli diplom bilan tugatgach, 1988-yildan 1992-yilgacha Moskvada akademik M.M. Krasnov rahbarligi ostida Koʻz kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida ishladi.
Mehribon Aliyeva 2005-yilda „Eftanaziya va tibbiyotda insonparvarlik muammolari“ mavzusida dissertatsiya yoqladi va falsafa fanlari nomzodi ilmiy darajasini olishga muvaffaq boʻldi.
Oilaviy hayoti Mehribon Aliyeva 1983-yilda Ilhom Aliyev bilan oila qurdi. Uning ucr farzandi bor: Laylo, Orzu, Haydar.
Umr yoldoshi Ilhom Aliyev unu shunday tavsiflaydi:
Tabiiy, har bir ona kabi mening onam ham kelin topishga intilardi. Ammo men Mehribon bilan tanishgach, oʻz-oʻzimga dedimki, bu qiz menga juda maʼqul… Albatta, zohiriy koʻrinishning ahamiyati katta. Lekin uning doxiliy dunyosidan kelayotgan mehr tashqi koʻrinishi bilan uygʻunlikda yanada koʻproq jalb etardi.
Oʻtgan yillarning mushkulliklariga qaramay Ozarbayjon ziyolilari qurshovida ulgʻaygan Mehribon xonim oʻz oliy maqsadlari, maʼnaviy qadriyatlar, milliy anʼanalarga sodiq qoldi. Bularning barchasi uning shaxsiyatining, milliy oilaviy qadriyatlarga sadoqatlilikning shakllanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Keyinchalik, milliy anʼanalar ustuvor boʻlgan boshqa bir ziyoli oilaning, Haydar Aliyev va tibbiyot fanlari doktori, akademik Zarifa Aliyevalarning kelini boʻlganida bu fazilatlari yanada chuqurroq ildiz otdi.
Mehribon xonim oilada ayolning roli va oilaga munosabatni doimo ilgari surarkan shunday deydi:
Oila muhitini aniqlovchi jihatlar koʻp, lekin asosiysi — fikr va qadriyatlarnihg umumiyligi, bir maqsadga yoʻnaltirilganligi boʻlsa kerak. Eng muhimi—bir-biriga nihoyatda gʻamxoʻr boʻlish. Agar oilaning har bir aʼzosi oʻzining kerakligini, oʻrnini hech kim bosa olmasligini, himoyani, mehr-muhabbatni his qilsa, bu nafaqat oila baxtining negizi, balki shu bilan birga biror maqsadga erishishga ragʻbatlantiruvchi omildir.Har bir ayol ucun oilasi, farzandlari uning hayotining asosini tashkil qiladi. Men oʻzim ham uch farzandning onasiman va bu burchimni hayotimdagi eng muhim eng asosiy burchim deb hisoblayman.
Shu bilan birga Mehribon xonim ayolga oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-muhabbatning garovi deb qaraydi: <q>Umr yoʻldoshim qizgʻin ish kunidan soʻng uyga qaytib, bu yerda uni qadrlashlari va qoʻllab-quvvatlashlari, sevishlari va tushunishlarini his qilishi men ucun juda muhimdir.</q> Keyingi yillar davomida nabiralarining dunyoga kelishini hayotidagi eng unutilmas voqealar deb hisoblaydi, ularning tugʻilishini hayotga boshqa nazar bilan boqishga undagan moʻjiza deydi. Jamoat ishlari yukining ogʻirligi, keskin ish kuni, koʻp yoʻnalishli faoliyatiga qaramay u — gʻamxoʻr farzand, umr yoldosh, ona va buvi.
Faoliyati 300px|right|thumb|Mehribon Aliyeva Parijda Ozarbayjon madaniyati kunlarida Mehribon Aliyeva 1988—1992 yillar davomida Moskvada akademik M.M. Krasnov rahbarligi ostida Koʻz kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutida ishladi.
Oʻzining aktiv jamoat faoliyatini 1995-yilda Ozarbayjon Madaniyati Fondi bilan boshladi va to shu kungacha bu Fondni boshqarib keladi. 1996-yilda Ozarbayjon madaniyatini keng targʻb etuvchi uch (ozarbayjon, ingliz va rus) tilda nashr etiladigan “Ozarbayjon-Irs” jurnalini taʼsis etdi. Bir intervyuda Mehribon Aliyevaning oʻzi Haydar Aliyev Fondining va „Irs“ jurnalining tashkil etishidan maqsadini maroqli ravishda izohladi: "Ozarbayjon Madaniyati Doʻstlari Fondini tashkil etarkanmiz, asosiy maqsadimiz Ozarbayjon madaniyati bilan tanishtirish va uning targʻiboti edi. Ana shunda men „Irs“ jurnalini taʼsis etdim. Jurnal Fond faoliyatini yoritar, har bir soni maʼlum bir mavzuga bagʻishlangan boʻlib, ommabop nashr hamda tadqiqiy material hisoblanardi. Bizdan avval hec kim Ozarbayjon madaniyati haqida bunchalar shirin tarzda yozmaganini gʻurur bilan eʼtirof etaman. Masalan, biz oʻz oldimizga miniatyuralar yoki meʼmoriy obidalar haqida hikoya qilishni qoʻyganimizda, akademiya olimlari, jurnalistlarni hamda sanʼatshunoslarni hamkorlikka jalb etardik. Fond ham, jurnal ham kifoyat qadar murakkab vazifalarning uddasidan chiqishi kerak edi. U yillar Ozarbayjon uchun tiklanish yillari edi. Siyosiy, iqtisodiy oʻzgarishlar bilan bir qatorda eski ideologiya xalos boʻlish jarayoni ketayotgan, stereotiplar yemirilayotgan bir davr edi. Nihoyatda hayajonli bir davrda bizning madaniy merosimiz yangidan fikr gʻalviridan oʻtkazilib, koʻhna anʼanalar, ildizlarga qayta boshlayotgandik".
2002-yilda Mehribon Aliyeva Ozarbayjon Gimnastika Federaiyasi prezidenti etib saylandi va oʻzini mohir tashkilotchi sifatida namoyon qildi. Uning xalqaro hamjamiyatdagi nufuzi Xalqaro Gimnastika Federatsiyasining Ozarbayjonda badiiy gimnastika boʻyicha „A“ bosqichdagi xalqaro kubokni (2003), Xalqaro kubokni (2004), 27-Jahon Chempionati, 23 (2007), 25 (2009), 30 (2014) Yevropa Chempionatlarini oʻtkazish haqidagi qarorining qabul boʻlishida hal qiluvchi rol oʻynadi.
Mehribon Aliyeva yosh avlodga Haydar Aliyevning boy merosini oʻrgatish, Haydar Aliyevning milliy davlatchilik gʻoyalarini singdirish maqsadida yaratilgan Haydar Aliyev Fondining prezidentidir.
2004-yilning 10-mayida — Haydar Aliyevning tavallud kunida taʼsis etiladigan Haydar Aliyev Fondining asosiy muddaosi milliy-maʼnaviy qadriyatlarni asrash va Ozarbayjon madaniyatini keng targʻib qilish ishlariga koʻmaklashish, aholi farovonligini yuksaltirishga yoʻnaltirilgan turli tadbirlar va dasturlarni, ilm-fan, maorif, madaniyat, tibbiyot, sport rivojiga hissa qoʻshuvchi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, bolalar va yoshlarning sogʻlom ulgʻayishi, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sodiq tarbiyalanishi hamda har taraflama bilimli boʻlishiga xizman qilish, Ozarbayjonning xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam berishdan iboratdir.
Haydar Aliyev Fondi oʻzining oʻn yillik faoliyati davomida turli sohalar boʻyicha koʻplab loyihalarni amalga oshirishga, jahonning eʼtiborli tashkilotlari bilan hamkorlik qilishga, tantanali xalqaro anjumanlar oʻtkazishga muvaffaq boʻldi. Haydar Aliyev Fondining amalga oshgan loyihalari Ozarbayjonda hamda mamlakat tashqarisida jamoatchilik tomonidan behad xayrixohlik bilan qarshi olinyapti.
Mehribon Aliyeva sportning rivojiga alohida eʼtibor beradi. 2004-yilning 28-dekabrida Mehribon Aliyeva Milliy Olimpiya Qo’mitasi IV Bosh Majlisida MOQ-ning Ijroiya Qomitasi aʼzosi etib saylandi.
2012-yilning 8-dekabriba Yevropa Olimpiya Qomitasi Bosh Assambleyasi 2015-yilda I Yevropa O’yinlarini Bokuda oʻtkazilishi haqida qaror qabul qildi. Birinchi Yevropa Oʻyinlarini yuksak saviyada oʻtkazish maqsadida 2013-yilning 17-yanvarida Tashkiliy Qomita yaratildi va uning raisi etib Mehribon Aliyeva tayinlandi. 2016-yilning 21-yanvarida, „Boku-2015“ Birinchi Yevropa Oʻyinlari Tashkiliy Qomitasi raisi Mehribon Aliyevaga Yevropada sport taraqqiyoti borasida koʻrsatgan alohida xizmatlari ucun Yevropa Olimpiya Qomitalari Ijroiya Qomitasi qarori bilan Yevropa Olimpiya Qomitalarining eng yuksak mukofoti — Oliy Orden berildi.
2004-yildan boshlab Yangi Ozarbayjon Partiyasi Siyosiy Kengashining aʼzosi, 2013-yildan partiya pahbari muovinidir. 2005—2010-yillarda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisiga saylovlarda 14-sonli Xazar ikkinchi saylov okrugidan Yangi Ozarbayjon Partiyasidan nomzodi koʻrsatilgan Mehribon Aliyeva 92,12 % (23106 ovoz) va 94,49 % (31797 ovoz) ovoz toʻplab deputat etib saylandi.
U Milliy Majlis deputati sifatida oʻz faoliyatida professionallik, siyosiy yetukligini namoyon qildi. "Siz menga ovoz berarkansiz, oʻz orzu-umidlaringizning roʻyobga chiqishiga ovoz berdingiz" — degandi Mehribon Aliyeva va qatiyat, ishni toʻgʻri yoʻlga qoya bilish bor joyda hal etilmagan muammo qolmasligini oʻz faoliyati bilan isbot etdi.
Mehribon Aliyevaning Milliy Majlis deputati sifatidagi faoliyatining yodda qoladigan jihatlaridan biri uning adolat, insonparvarlik gʻoyalariga tayangan holda keng koʻlamli amnistiya aktini qabul etish tashabbusi bilan chiqishidir. 2007-yil 8-mayda Mehribon xonim tayyorlagan "Ozarbayjon xalqining umum milliy rahnamosi Haydar Aliyev xotirasiga bagʻishlangan amnistiya haqida" qaror loyihasini muhokamasida "…xato qilgan, jinoyat sodir etgan insonlarning ozodlikka qaytishiga, oilalari, yaqinlari bilan qovushishlariga, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlariga bir bor imkon berishimiz kerak. Ogʻir jinoyat qilmagan insonlarni kechirarkanmiz, biz ularni normal hayotga qaytaramiz hamda mustaqil Ozarbayjoning insoniylik tamoyillari asosida taraqqiy etganini namoyish etamiz". Ozarbayjon parlamentarizmi tarixida ilk marotaba Milliy Majlis deputati tarafidan ilgari surilgan va keng jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlangan amnistiya akti yuksak maʼnaviy-axloqiy va siyosiy mazmunga egadir. U bunday oliyhimmat tashabbusni anʼanaga aylantirib, 2009—2013-yillarda ham ayni murocaat bilan chiqdi va natijada 2009-yilda 9564, 2013-yilda esa qariyib 9000 nafar inson ozodlikka chiqarildi.
"Shifikorlik — oʻziga xos pesha. Bu qalb va yurak peshasidir. Bu hamdardlik va shafqat ilmidir. Bu insonlarning holiga kuymoq, muhtojlarga qoʻl uzatmoq peshasidir. Bu gʻamxoʻrlikdir. Mening hayotimda shunday boʻldiki, anchadan buyon oʻz kasbim bilan shugʻullanmayapman. Ammo faoliyatimning har bir sohasida, xususan Haydar Aliyev Fondining prezidenti lavozimida men faqat ana shu prinsiplarga, shu asosga tayanishga intilaman".
Ozarbayjonning birinchi xonimi 300px|right|thumb|2010-yil 3-sentabr Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev va birinchi xonimi Lyudmila Medvedeva bilan uchrashuv vaqti.