Cevdet Sunay (; 1899-1982) — Turkiyaning 1966-1973-yillardagi prezidentiBadraie Ministry of Foreign Affairs, TurkeyPresidency of Turkey.

Tarjimai holi Istanbuldagi Kulei harbiy bilim yurtini tamomlagan. 1917-yilda birinchi jahon urushi davrida Falastinda front liniyasida askar sifatida jang olib borgan, 1918-yilda Misrda Britaniya tomonidan asirga olingan. ozodlikka chiqqanidan soʻng, avval Janubiy front, keyin esa Gʻarbiy frontlarda mustaqillik uchun urushda qatnashdi.

1930-yilda harbiy akademiyani tamomlaydi va ofitserlar tarkibiga kiradi. 1933-yilda Bosh shtabning operativ boshqarmasi boʻlimiga tayinlandi. Bir qancha qoʻmondonlik lavozimlaridan oʻtib, 1949-yilda brigada generali, 1959-yilda esa armiya generali boʻldi.

1960 — 1966-yillarda Turkiya Qurolli kuchlari bosh shtabi boshligʻi. 1966 — 1973-yillarda Turkiya prezidenti, shundan soʻng 1980-yil 12-sentyabrda harbiy toʻntarishdan soʻng umrbod senator lavozimini egalladi.

Prezidentlik davri Bosh shtab rahbari Cevdet Sunay 1966-yil 28-martda Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan Turkiyaining beshinchi prezidenti etib saylandi. Uning prezidentlik davri 1973-yil 28-martgacha davom etdi va bu orada Sunay qiyin davrlarni boshdan kechirdi. 1961 va 1965-yillar orasida Sulaymon Demirel, Nihat Erim va Ferit Melen Prezident Sunay maʼmuriyatining eng koʻzga koʻringan aʼzolari edi. Cevdet Sunay sogʻligʻi yomonlashgani sababli prezidentlik lavozimini tark etadi.

Manbalar