Linux Mint ( — „yalpiz“) — hamjamiyat tomonidan ishlab chiqilgan Ubuntu va Debianʼga asoslangan bepul Linux distributivi hisoblanadi. Loyihaning maqsadi „zamonaviy, nafis va foydalanuvchilarga qulay, ham kuchli, ham foydalanish uchun oson operatsion tizim“. Linux Mint turli xil media formatlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlaydi, baʼzi pullik dasturlarni oʻz ichiga oladi va ochiq kodli ilovalarning keng toʻplami bilan birga keladi. Loyihaning asoschisi Klement Lefebr, ishlab chiqish guruhi (Mint Linux Team) hamda foydalanuvchilar hamjamiyati ham ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.
Rivojlanish davrlari Dastlab, loyiha Linux Mintʼning bir nechta versiyalarini bitta Ubuntu versiyasida chiqarishni nazarda tutgan. Biroq, seriya raqami 5.0 boʻlgan Elyssaʼdan beri bu yondashuv toʻxtatildi. Distributivlar butun sonlarda raqamlana boshladi, chunki Ubuntu uchun standart olti oylik rivojlanish sikliga rioya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. 17.0 (kod nomi Qiana) versiyasidan boshlab tarqatish ikki yillik rivojlanish sikliga oʻtkazildi va faqat Ubuntuʼning LTS versiyalariga asoslangan boʻldi. Vaqtinchalik nashrlar 17.1, 17.2 va shunga oʻxshash raqamlar bilan belgilanadi.
Tizim komponentlari Linux Mint minimal tizim talablari Ubuntu bilan bir xil: x86-64-protsessor (Linux Mint 20 dan boshlab u faqat 64 bitli versiyada chiqariladi); Tezkor xotira: 512 MB (Cinnamon, Xfce, MATE); 9 GB qattiq diskdan boʻsh joy; Videokarta: drayveri boʻlgan har qandayi; CD-ROM drayveri yoki USB port.
Tavsiya etilgan Linux Mint tizim talablari Ubuntu bilan bir xil: x86-64-protsessor (Linux Mint 20 dan boshlab u faqat 64 bitli versiyada chiqariladi); Tezkor xotira: 1 GB (XFCE, MATE), 2 GB (Cinnamon); 20 GB qattiq diskdan boʻsh joy; Videokarta: 1024 × 768; DVD-ROM drayveri yoki USB port.
Linux Mint dastlab Ubuntuʼga qaraganda koʻproq komponentlarni oʻz ichiga oladi: asosiy komponentlar — Ubuntu LTS, Linux yadrosi — umumiy, Cinnamon/Mate, Xorg 1.18.4; standartlashtirilgan interfeysga, menyular, oynalar va panellar uchun oʻziga xos piktogramma va ranglarga ega; audio va video kodeklar toʻplami, OpenJDK; qulay boshqaruv markaziga ega; asosiy toʻplamga Firefox, Thunderbird, LibreOffice, GIMP, Pidgin, Rhythmbox, HexChat, GParted, VLC (media pleer), LightDM kiradi (vositalar toʻplami versiyalariga qarab farq qilishi mumkin); 3D ish stolini taqdim etadi (Compiz Fusion); tizimni yangilanishi (mintUpdate) va yangi ilovalarni oʻrnatish (mintInstall) mavjud.
Loyiha jamoasi Loyiha koordinatorlari: Clement Lefebvre — Cinnamon asosidagi tizimning asosiy versiyasini asoschisi, gʻoya muallifi, ishlab chiquvchisi; merlwiz79 — Xfce-ga asoslangan tizim uchun reliz menejeri; Jeymi Bu Birse — KDE asosidagi tizim relizlar menejeri; Sheyn Jo Lazar — Fluxboxʼga asoslangan tizimning reliz menejeri.
Rasmiy Linux Mint jamoalari Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda mavjudLinks — Linux Mint.
Qoʻshimcha faktlar DuckDuckGo qidiruv xizmati 2011-yil noyabr oyidagi versiyasida standart qidiruv tizimi sifatida qoʻllash toʻgʻrisida eksklyuziv shartnoma imzoladi; 2017-yil oxirigacha Linux Mint DistroWatch.com maʼlumotlariga koʻra eng mashhur GNU/Linux distributivi boʻlgan (mashhurlik distributiv sahifasidagi koʻrsatishlar soni bilan belgilanadi); 2016-yil 20-fevralda Linux Mint sayti buzilgan, ISO fayllariga havolalar muqobil havola (backdoor) versiyasi bilan almashtirildiBeware of hacked ISOs if you downloaded Linux Mint on February 20th!.
Fikrlar Tux Machines blogida Linux Mint 2.2 toʻgʻrisida quyidagi fikr bildirilgan ediLinux Minty Fresh | Tux Machines:
DistroWatch Weekly xodimi Syuzan Linton Linux Mint 4.0 haqida sharh yozdiDistroWatch Weekly, Issue 230, 26-noyabr 2007-yil:
Galereya
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:Linux distributivlari