thumb|1939-yilda Qrimda tatarlarning yashash holatini aks ettiruvchi xarita thumb|2014-yilda Rossiya tomonidan egallanganidan keyingi Qrimda tatarlar holati Qrimdagi detatarizatsiya jarayoni (; ) Sovetlar va Rossiyaning yarim oroldan mahalliy Qrim tatarlarining tarixiy izlarini yo`qotishga qaratilgan sa'y-harakatlarini nazarda tutadi. Detatarizatsiya 1944-yilda Qrim-tatarlarning toʻliq miqyosda deportatsiya qilinishi va surgun qilinishidan tortib, 1920-yillarda nashr etilgan qrim-tatar kitoblarini yoqib yuborish va toponimlar nomini oʻzgartirish kabi boshqa yo`sinlarda davom etdi.

Shakllari

Topografik o'zgartirishlar Qrim viloyat qoʻmitasi qaroriga koʻra, Qrim tatarlari deportatsiya qilinganidan koʻp oʻtmay, Qrimdagi qrim-tatar nomlari bilan atalgan tumanlar, qishloqlar va boshqa geografik obʼyektlarning aksariyatiga slavyancha nomlar berildi. Qrimdagi ko`plab joylar hanuzgacha 1940-yillarda qrim-tatarlarning mavjudligi izlarini yo'q qilish uchun berilgan nomlarga ega. Juda kam sonli aholi punktlari Boqchasaroy, Jankoy İşün, Alushta, Alupka va Saky nomlarini o'zgarmasdan saqlanmoqda.

Propaganda Qrimdagi sovet partiya amaldorlari Qrimning slavyan aholisiga tatarofobiyani singdirishgan. Qrim-tatarlarni “sotqin”, “burjuaziya” yoki “aksil-inqilobchilar” sifatida koʻrsatib, ularni (yunon, italyan, arman ajdodlari borligiga qaramasdan) “moʻgʻullar”, Qrim yarim oroli bilan tarixiy aloqasi yoʻq, deya yolgʻon ma'lumotlar beradilar. 1948-yilda Qrimda boʻlib oʻtgan konferentsiya Qrim-tatarlarga qarshi kayfiyatlarni targʻib qilish va singdirishga bagʻishlangan edi.

Amet-xon aeroporti Ametxon Sultonni asli qrimlik boʻlmagan holda dogʻistonlik qilib koʻrsatishga urinishlari qrim tatarlari jamiyatining noroziligiga sabab bo`ldi. Qrimda qrim tatar oilasida tugʻilgan va oʻzini doim qrim-tatar deb tanishtirganiga qaramay, Rossiya Federatsiyasi Qrimning asosiy aeroportiga Ivan Aivazovskiy nomini berib, Dogʻiston aeroportiga Ametxon Sulton nomini berdi. Qrim tatarlari jamoatchiligining Ametxon aeropoerti uning vatanida bo`lishi kerak mazmunidagi koʻplab murojaatlari e’tiborsiz qoldirildi.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Qrimdagi joylarning Qrim-tatar tilidagi nomlari Turkum:Qrim Turkum:Qrimtatar tili Turkum:Tatarlar