Manuel Obafemi Akanji (1995-yil 19-iyulda tugʻilgan) – shveysariyalik professional futbolchi, Italiya A Seriyasining Inter Milan klubi va Shveysariya terma jamoasi himoyachisi.

Klubdagi faoliyati Wiesendangen shahrida tugʻilgan Akanji oʻzining yoshlik faoliyatini Vizendangendagi mahalliy klubda boshlagan. 2007-yil may oyida Akanji klubini oʻzgartirdi va „Vintertur“ klubining yoshlar jamoasi oʻyinchisi boʻldi. Dastlabki yillarida u 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida, keyin esa ikkinchi jamoasida oʻynagan. 2014-15-Challenge ligasida u Vinterturning boshlangʻich tarkibida edi.

Basel 2015-yilning 15-aprelida Akanji Superliganing 2015-16-yilgi mavsumi uchun Baselga oʻtishi eʼlon qilindiEin neuer Verteidiger für den FCB: Manuel Akanji kommt vom FC Winterthur TagesWoche dated 15.. U Shveysariya Superligasidagi debyutini 2015-yilning 26- sentyabrida „Lugano“ ga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Murabbiy Urs Fisher qoʻl ostida Akanji 2015-16-Superliga mavsumi va 2016-17-Superliga mavsumi oxirida ikkinchi marta Shveysariya Superligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Klub uchun bu ketma-ket sakkizinchi chempionlik va jami 20-chempionlik unvoni boʻldi. Shuningdek, ular Shveysariya kubogini oʻn ikkinchi marta qoʻlga kiritishdi, bu esa klub tarixida oltinchi marta dublga erishganini anglatadi.

Borussiya Dortmund Akanji 2018-yilning 15-yanvarida qishki transferlar vaqtida Dortmundning „Borussiya“ klubiga 18 million yevro evaziga oʻtgan edi"Wechsel perfekt! . U 2022-yilning iyuniga qadar toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi. 27-sentyabr kuni Akanji klub uchun birinchi golini va Bundesligadagi birinchi golini urdi. Akanji 2019/20-yilgi mavsumda Dortmundning „Bavariya“ga muvaffaqiyatsiz oʻyini paytidagi xatolari uchun koʻp tanqid qilindi. Akanji jamoaning zaif boʻgʻini sifatida alohida koʻrsatilgan asosiy oʻyinchilardan biri edi.

Terma jamoadagi faoliyati Akanji Shveysariya U20 terma jamoasida ikkita oʻyinda maydonga tushdi. Uning debyuti 2014-yilning 7-sentyabrida Germaniya U20 terma jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) boʻlgandi. 2014-yildan u Shveysariya U21 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 26-mart kuni Italiya U21 terma jamoasiga qarshi oʻyinda (0:3) debyut qilgan.

Akanji 2017-yil 9-iyun kuni JCh-2018 saralashi doirasidagi Farer orollariga qarshi oʻyinda (2:0) terma jamoaga chaqirilgan va oʻsha oʻyinda debyut qilgan. U butun 90 daqiqa oʻynadi.

U Shveysariya terma jamoasining 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun 23 kishilik tarkibiga kiritilgan.

2019-yilning may oyida u 2019-yil UEFA Millatlar ligasida oʻynadi va uning jamoasi 4-oʻrinni egalladi.

2021-yilda u 2020-yilgi UEFA Yevropa chempionati uchun milliy terma jamoaga chaqirildi va u yerda jamoa chorak finalga qadar yetib bordi va turnirning asosiy sensatsiyalaridan birini yaratdihttps://www.uefa.com / uefaeuro-2020 / match / 2024485 – switzerland-vs-spain / lineups /? iv = true.

Shaxsiy hayot Akanji Shveysariyaning Wiesendangen shahrida tugʻiladi. Uning onasi shveysariyalik, otasi esa nigeriyalik boʻlgan.

Yutuqlar Fc Basel

Shveysariya Superligasi: 2015-16, 2016-17 Shveysariya kubogi: 2016-17

Borussiya Dortmund

DFB-Pokal: 2020-21 DFL-Superkubogi: 2019

Manbalar

Havolalar

Profile Manchester City F. C. saytida Profile Shveysariya futbol assotsiatsiyasi saytida (nemischa)

Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Shveysariyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FC Winterthur futbolchilari Turkum:FC Basel futbolchilari Turkum:Borussia Dortmund futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Bundesliga futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:Shveysariyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar