Eduardo Herrera Aguirre () (1988-yil 25-iyulda tugʻilgan) — meksikalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
UNAM Herrera 2011-yilning 24-iyulida Pumas UNAM tarkibida San Luisga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. Herrera 2014 va 2016-yillar oraligʻida muvaffaqiyatli davrni oʻtkazgan va birinchi mavsumda klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 2015\2016*yilgi mavsum uning eng sermahsul mavsumi boʻlib, 37 oʻyinda 15 ta gol urgan va Pumas bilan 2015-yilgi Aperturada ikkinchi oʻrinda yakunlagan. Herrera 2013\2014-yilgi mavsumda ham „Santos-Laguna“da ijarada oʻynagan va 21 oʻyinda 5 bora gol urgan. U 2017-yilning boshini u Veracruzda ijarada oʻtkazgan, 13 oʻyinning 12 tasida maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Rangers
U 4-iyul kuni „Rangers“ning Yevropa ligasi saralash bosqichida Lyuksemburgning „Progrès Niederkorn“ jamoasiga 0:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qilgan. Herrera uchrashuvning 77-daqiqasida Jordan Rossiterning oʻrniga maydonga tushgan. U „Rangers“ uchun birinchi golini 27-avgust kuni Ross Countyda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda kiritgan.
Santos Laguna (ijara) Herrera Meksikaning „Santos Laguna“ klubiga 2018\2019-yilgi mavsumda ijara asosida oʻtgan.
Club Necaxa (ijara) 2019-yilning 8-yanvarida Herrera 2018\2019-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun Necaxa klubiga ijara asosida oʻtgan. U Necaxa uchun birinchi golini 15-yanvar kuni America klubiga qarshi oʻyinda kiritgan. Ijara 2019-yil 15-iyulda yilning yakuniga qadar uzaytirilgan.
Puebla 2020-yil 29-yanvarda Herrera Puebla klubiga doimiy ravishda qoʻshilgan.
Isteʼfo 2022-yil 22-may kuni Herrera professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati 2015-yilning mart oyida Herrera Meksika terma jamoasiga chaqiruv olgan. 31-mart kuni herrera Paragvayga qarshi oʻtkazilgan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida milliy terma jamoadagi ilk golini kiritgan. U terma jamoadagi faoliyatida 9 marta maydonga tushib, jami 3 marta gol urgan holda faoliyatini yakunlagan.
Faoliyat statistikasi
Klub KlubMavsumLigaMamlakat kubogiLiga kubogiQitʼaJamiDivizionOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolPumas Morelos2008—2009Primera División A284———2842009—2010Liga de Ascenso164———1642010—2011276———276Jami7114———7114UNAM2008—2009Liga MX———20202011—2012325——944192012—201332593——4182014—2015341465——40192015—20163715——8245172016—2017161——43204Jami15140158—23918957Santos Laguna (Ijara)2013—2014Liga MX23452—40326Veracruz (Ijara)2016—2017Liga MX133———133Rangers2017—2018Scottish Premiership191202110242Santos Laguna (Ijara)2018—2019Liga MX6040——100Necaxa (Ijara)2018—2019Liga MX14332——1752019—202018242——224Jami32574——399Puebla2020—2021Liga MX70———70Venados2021—2022Liga de Expansión MX367———367Karyerada jami3587433142128942198
Xalqaro Meksika terma jamoasi YilOʻyinlarGollar 2015-yil 8 3 2016-yil 1 0 Jami 9 3 № Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1.31.03.2015 Arrowhead Stadium, Kanzas-Siti, AQSH 1 — 0 1-0Oʻrtoqlik 2.30.05.2015 Estadio Victor Manuel Reyna, Tuxtla Gutierrez, Meksika Gvatemala 1 — 0 3-0Oʻrtoqlik 3. 2 — 0
Yutuqlar UNAM
Liga MX : Clausura 2009, Clausura 2011
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar