Eduard Yevgenyevich Momotov (; 1970-yil 22-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbek professional futbol murabbiyi, sobiq futbolchi. Momotov Rossiya fuqaroligiga ham ega. Eduard Novokuznetsk futbol klubi murabbiyi.
Futbolchilik faoliyati
Jamoalardagi faoliyati Sportchi oilada tugʻilgan. Eduardning otasi Yevgeniy ham futbolchi va murabbiy boʻlgan. 4 yoshidan boshlab Momotov xokkey bilan shugʻullana boshlagan, ammo 9 yoshida qoʻlidan olgan jarohati tufayli u faoliyat turini oʻzgartirishga qaror qilgan. Ust-Kamenogorsk oʻsmirlar sport maktabida futbolga yozilgan va 1989-yilda „Vostok“ klubi yoshlar jamoasiga qoʻshildi va keyingi mavsumda bosh murabbiy Sergey Gorohovodatskiyning ishonchini qozonib, asosiy jamoada oʻynagan. Chempionat yakunlangach, Eduard Jambulning „Ximik“ klubiga koʻchib oʻtgan, biroq koʻp oʻtmay „Vostok“ klubiga qaytdgan.
Eduard 1992-yili Oʻzbekiston chempionati Oliy ligasida oʻynagan Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtgan. Momotov „Neftchi“ jamoasida oʻynagan toʻrt mavsum davomida klub Oʻzbekiston chempionatida 4 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan, Osiyo chempionlar ligasida uchinchi oʻrin sohibi boʻldi va Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritgan. Futbolchi 87 ta oʻyinda qatnashib, 13 ta gol urdi.
1996--yilgi mavsumda Eduard Fargʻona vodiysining boshqa bir jamoasi „Navbahor“ klubiga oʻtib, besh karra mamlakat chempioni boʻlgan. 1998-yilda Momotov Rossiya chempionatining yuqori divizioni ishtirokchisi boʻlgan „Chernomorets Novorossiysk“ safiga qoʻshildi va ikki mavsum oʻynagan. 2002-yildan 2006-yilgacha, faoliyati yakunigacha Novokuznetskning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan.
Milliy terma jamoadagi faoliyati Momotov asli qozogʻistonlik boʻlishiga qaramay, oʻz vatani terma jamoasida oʻynash uchun hech qanday taklif olmagani sababli Oʻzbekiston sharafini himoya qilishga qaror qilgan. Eduard milliy terma jamoasidagi debyutini 1996-yil 19-iyunda Tojikistonga qarshi Osiyo Kubogi bahsida oʻtkazdi. Momotov terma jamoa safida jami 15 ta oʻyin oʻtkazgan. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Osiyo kubogi – 1996 turnirida qatnashgan.
Murabbiylik karyerasi Momotov faoliyatini yakunlagach, „Metallurg“ tizimida qolib, Rossiya Oliy murabbiylar maktabida tahsil olayotgan paytda yoshlar jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. Eduard, shuningdek, Kuzbass (2010—2013), Prokopyevsk va Novokuznetskning „Shaxtyor“ klublarining ustozi boʻlgan. 2020/2021-yilgi mavsumda u Cherkesning „Inter“ klubida yordamchi murabbiy boʻlib ishlagan (klub 2021-yilda tarqatib yuborilgan).
Yutuqlari
Oʻzbekiston chempioni: 1992, 1993, 1994, 1995, 1996. Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1994
Shaxsiy hayoti Momotov sobiq xokkeychi Yevgeniy Momotovning oʻgʻli.
Manbalar
Havolalar
Eduard – Sports Kz Eduard Momatov – footballfactsRu
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli himoyachilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:FC Vostok futbolchilari Turkum:FC Novokuznetsk futbolchilari Turkum:FC Kuzbass Kemerovo futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC Chernomorets Novorossiysk futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:1996-yilgi AFC Osiyo kubogi futbolchilari Turkum:1998-yilgi Osiyo oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:FC Kuzbass Kemerovo murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar