Dara gubernatorligi ( / ) Suriyaning oʻn toʻrt gubernatorligidan (viloyatlaridan) biridir. U mamlakatning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, 3730 km 2 maydonni egallaydi. Janubda Iordaniya, gʻarbda Qunaytira va Isroil, shimolda Rif Damashq gubernatorligi va sharqda As-Suvaydo gubernatorligi bilan chegaradosh. Gubernatorlik aholisi 2010-yilgi aholini roʻyxatga olish idorasi hisob-kitobiga koʻra, 998 000 kishini tashkil qiladi. Poytaxti – Darʼo shahri.

Suriyadagi fuqarolar urushi davomida gubernatorlik ichida bir qancha toʻqnashuvlar yuzaga kelgan.

Tumanlar Gubernatorlik uch tumanga (mintaqa) boʻlingan. Tumanlar yana 17 ta tumanga (nahiya) boʻlingan:

Darʼo mintaqasi (8 mintaqa) Darʼo nahiyasi Busro nahiyasi Xirbat Gʻazola nahiyasi Ash-Shajara nahiyasi Doil nahiyasi Muzayrib nahiyasi Al-Jiza nahiyasi Al-Musayfira nahiyasi

Izra mintaqasi (6 nohiya) Izra nohiyasi Josim nohiyasi Al-Hirok nohiyasi Navo nohiyasi Ash-Shayx Maskin nohiyasi Tasil nohiyasi As-Sanamayn mintaqasi (3 sub-districts) As-Sanamayn nohiyasi Al-Masmiya nohiyasi Gʻabogʻib nohiyasi

Manbalar

Havolalar

Darʼo gubernatorligining rasmiy sayti (arabcha) edaraa daraa yangiliklari va xizmatlari chop etiladigan birinchi toʻliq veb-sayt Turkum:Suriya