Toʻlagan Oʻlmasovich Isoqov (1949-yil 8-oktyabr – 2025-yil 8-noyabr) – sovet va oʻzbekistonlik nafaqadagi professional futbolchi, futbol murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 1979-yil halokatga uchragan „Paxtakor“ jamoasining asosiy futbolchilaridan biri boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati Isoqov Yangiyoʻlda tugʻilgan. Bolaligi Toshkentda oʻtgan, „Spartak“ stadionida murabbiy Maʼruf Poʻlatov qoʻl ostida futbol oʻynagan. U butun faoliyatini „Paxtakor“ jamoasida oʻtkazgan, 13 mavsum davomida birinchi va oliy ligada 252 oʻyin oʻtkazib, 52 gol urgan. 1979-yilda Toʻlagan jarohat oldi, bu esa uni Paxtakor jamoasi safar oʻyiniga olib ketilmasligiga sabab boʻlgan. Paxtakor navbatdagi safar uchrashuvni oʻtkazish uchun samolyotda uchgan vaqtida halokatga uchragan va Toʻlagan Isoqovning jarohat sababli uchmaganligi omon qolishiga sabab boʻlgan. Paxtakor jamoasi halokatidan soʻngra futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati Uch yil davomida Moskvadagi Oliy murabbiylar maktabida tahsil olgan. Shahrixonchi jamoasida murabbiy boʻlib ishlagan. Bir necha yil futbol maktabi direktori, Toshkent viloyati sport qoʻmitasida ishlagan. 1989-yilda Viktor Nosov „Paxtakor“ jamoasi murabbiyligini tark etganidan soʻng klubga bosh murabbiy boʻlgan.

Oʻzbekiston futbol federatsiyasida ishlagan. „Zarafshon“, „Surxon“ jamoalarida bosh murabbiylik qilgan. 2020-yildan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi faxriylar kengashi raisi etib saylangan.

Vafoti 2025-yil 8-noyabr kuni 76 yoshida vafot etgan.

Unvonlar

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi: 2021

Manbalar

Havolalar

Toʻlagan Isoqov 60 yoshda! Toʻlagan Isoqov Footballfactsru saytida

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Paxtakor futbol klubi murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Shahrixon klubi bosh murabbiylari Turkum:Nasaf futbol klubi murabbiylari Turkum:Zarafshon futbol klubi murabbiylari