Rustam Elyorovich Ashurmatov (; 1996-yil 7-iyulda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, Tehronning „Esteghlal“ klubida himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati
Klub 2019-yilning 7-fevral kuni „Bunyodkor“ klubi Ashurmatovni „Gvanju“ jamoasiga oʻtganini eʼlon qilgan.
2021-yil 19-yanvarda Gvanju klubi Ashurmatovni Gangvonga oʻtganini eʼlon qilgan. Gangvon 2022-yilning 15-fevralida Ashurmatov klubni tark etganini eʼlon qilgan. Janubiy Koreyadagi faoliyati davomida ikki klub safida 65ta oʻyinda ishtirok etib 3 ta gol muallifi boʻlgan.
2022-yilning 18-fevralida Ashurmatov Namanganning „Navbahor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2022-yilgi mavsumda namanganliklar jamoasi bilan muvaffaqiyatli oʻtgan mavsumdan soʻng Rossiyaning „Rubin“ klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro 2017-yildan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinchisi. Ashurmatov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalari safida 2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati, 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati, va xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionatida 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan soʻnggi turnirda gʻolib chiqgan va final oʻyinida gol urgan.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionati uchun Oʻzbekiston terma jamoasi qaydnomasidan oʻrin olgan.
Yutuqlar Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2022 Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2022
Gvanju FK
K liga 2: 2019-yil
Oʻzbekiston U-23
U-23 Osiyo chempionati (1): 2018-yil
Mukofotlari 2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Manbalar
Havolalar
Rustam Ashurmatov – K League stats at kleague.com (in Korean)
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC Rubin Qozon futbolchilari Turkum:Gwangju FC futbolchilari Turkum:Gangwon FC futbolchilari Turkum:Esteghlal F.C. futbolchilari Turkum:K liga 2 futbolchilari Turkum:K liga 1 futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Janubiy Koreyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonning Osiyo oʻyinlaridagi sportchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2023 futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari