Yekaterina Dmitriyevna Aleksandrovskaya (ruscha: Екатерина Дмитриевна Александровская; 1-yanvar 2000-yil, Moskva — 18-iyul 2020-yilSoobщenie TASS // ТАСС., Moskva) — ilgari rossiya vakili sifatida, keyinchalik esa avstraliya vakili sifatida Harley Windsor bilan juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashga figurali uchuvchi. Ular oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni (2017), oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri final chempioni (2017) va ikki karra Avstraliya chempioni (2017 va 2019) boʻlgan.
2018-yil 5-mayda bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 13-oʻrinni egallagan.
Faoliyati
Olimpiya mavsumi Juftlik Wolkersdofda ishtirok etishgan, u yerda Nebelhorn saralash turnirida uchinchi oʻrinni egallab, oʻz mamlakatlari uchun Qishki Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Bir hafta oʻtgach, avstraliyalik konkida uchuvchilar Gdanskdagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prida ishtirok etishgan va u yerda birinchi oʻrinni egallab, oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻl olishgan. Noyabr oyi oxirida Tallin shahrida boʻlib oʻtgan shahar turnirida avstraliyaliklar gʻolib boʻlishgan. Juftlik Nagoyadagi final musobaqasida ham gʻolib boʻlishgan. Final kuni Avstraliya rahbariyati Aleksandrovskayaga mamlakat fuqaroligini va Olimpiya oʻyinlarida erkin ishtirok etish imkoniyatini sovgʻa tariqasida taqdim etdi. Juftlik qitʼa va Olimpiya oʻyinlariga yaxshiroq tayyorgarlik koʻrish uchun milliy chempionatlarni oʻtkazib yuborishga qaror qilishdi. Biroq, Gangneungdagi Olimpiya oʻyinlaridan ikki hafta oʻtgach, juftlik muvaffaqiyatsizlikka uchradi, natijada Janubiy Koreyadagi musobaqaning final qismiga chiqa olmadilar.
Vafoti Yekaterina Aleksandrovskaya 2020-yil 18-iyulda Moskvadagi 1905-Goda koʻchasida joylashgan uyning oltinchi qavatidagi derazadan sakrab vafot etgan. Uning kvartirasidan oʻlimidan oldin yoilgan xat topilgan, xatda „sevaman“ soʻzi yozilgan edi. Yekaterina Balashixada Nikolo-Arxangelsk qabristoniga dafn qilingan.
Sportdagi yutuqlari (Harley Windsor bilan) Musobaqalar/mavsum 2016 — 2017 2017 — 2018 2018 — 2019 2019 — 2020 Olimpiya oʻyinlari 18Jahon chempionati 16 16Toʻrt qitʼa chempionati 11 6 WD WD Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 7 Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup 7 Gran-pri bosqichlari: Skate America 7 Nebelhorn 3 9 Finlandia Cup 6 6 Warsaw Cup WD WD AQSh xalqaro 3 Tallin kubogi 1Jahon chempionati (oʻsmirlar) 1 Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali 5 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Chexiya 8 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Estoniya 1 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Latviya 4 Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Polsha 1 Avstraliya chempionati 1 1
WD — sportchilar musobaqadan chiqib ketgan.
Manbalar
Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:18-iyulda vafot etganlar Turkum:17-iyulda vafot etganlar Turkum:Moskvada tugʻilganlar Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:1-yanvarda tugʻilganlar