John McGinn () - 1994-yil 18-oktyabrda Glazgoda tugʻilgan. Shotlandiya futbolchisi, Angliyaning „Aston Villa“ klubi yarim himoyachisi, 2022-yil iyul oyi oxiridan buyon jamoa sardori. 2020-yilgi Shotlandiya xalqaro Yevropa chempionati ishtirokchisi.
John McGinnning ikkita katta Stiven va Pol ismli akaslari bor. Ular ham professional futbolchi.
Jamoalardagi faoliyati John McGinn — „St.Mirren“ klubi bitiruvchisi. 2012-yilning 20-oktyabrida u Shotlandiya Premer-ligasida „Celtic“ ga qarshi debyut qildi. 2013-yilning 18-may kuni „Kilmarnock“ qarshi kechgan duelda John McGinn „St.Mirren“ uchun birinchi golini urdi. Debyut mavsumida u jamoaga Shotlandiya liga kubogini yutishda yordam berdi.
2015-yilning yozida John McGinn „Hibernian“ga koʻchib oʻtdi va 4 yillik shartnoma imzoladi. 8-avgust kuni u Shotlandiya chempionatida „Dumbarton“ga qarshi debyut qildi . „Alloa Athletic“ga qarshi duelda John McGinn „Hibernian“ uchun birinchi golini urdi. Oʻzining debyut mavsumida John McGinn Shotlandiya kubogini qoʻlga kiritdi va bir yildan soʻng klubga elitaga qaytishga yordam berdi. 2017-yilning 5-avgustida u klubdagi eng yuqori darajadagi debyutini „Partik Title“ga qarshi o‘tkazdi.
2018-yilning yozida John McGinn Angliyaning „Aston Villa“ klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. 11-avgust kuni „Wigan Athletic“ga qarshi oʻyinda u chempionatda debyut qildi. 22-sentabr kuni „Sheffield Wednesday“ga qarshi kechgan duelda John McGinn „Aston Villa“ uchun birinchi golini urdi. Mavsum oxirida John McGinn klubga elitaga chiqishga yordam berdi. 2019-yilning 10-avgustida u Angliya Premer-ligasida „Tottenxem“ga qarshi bahsda debyut qildi.
Xalqaro karyerasi 2016-yil 29-mart kuni John McGinn Shotlandiya terma jamoasi safida Daniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi. 2019-yilning 6-sentyabr kuni 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Rossiyaga qarshi o‘yinda u terma jamoadagi ilk golini urdi.
13-oktabr kuni San-Marino terma jamoasiga qarshi kechgan duelda John McGinn xet-trik qayd etdi.
2021-yilda John McGinn Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Chexiya, Angliya va Xorvatiya bilan oʻyinlarda maydonga tushdi.
Statistikasi +Klub MavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiBoshqaJamiOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolSt Mirren2012-20132213020—2712013-20143532010—3832014-20153002010—330Jami8747040—984Hibernian2015-20163637051415252016-20172945110203752017-20183551071—4362018-201910——3242Jami101121311329313618Aston Villa2018-201941610—314572019-20202830020—3032020-20213730000—3732021-20223531000—3632022-2023900010—100Jami1501520303115816Umumiy karyerasida3373122120212439138
Xalqaro statistikasi +Millyi terma jamoaMavsumOʻyinGolScotland2016202017302018802019872020802021134202293Jami5114
Manbalar
Havolalar
John McGinn Aston Villa F.C. saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shotlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Aston Villa F.C. futbolchilari Turkum:Hibernian F.C. futbolchilari Turkum:St Mirren F.C. futbolchilari Turkum:Shotlandiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari