Albano Benjamin Bizzarri () (1977-yil 9-noyabrda tugʻilgan) — argentinalik sobiq professional futbolchi. Albano Bizzari faoliyati davomida darvozabon sifatida oʻynagan.
Albano Bizzari oʻzining professional faoliyatining katta qismini Ispaniya va Italiya klublarida oʻtkazdi. Albano Bizzari 1999-yilda „Real Madrid“ futbol klubida faoliyatini boshlagan.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Ispaniya Albano Bizzari oʻz faoliyatini Argentina Primera divizionida „Racing Club de Avellaneda“ klubida boshlagan, u yerda Albano Bizzarining yaxshi oʻyinlari La Liganing kuchli jamoasi „Real Madrid“ klubinning eʼtiborini tortgan. Albano Bizzari „Real Madrid“ klubi bilan 1999-yilda shartnoma imzolagan. Keyinchalik 18 yoshli Iker Casillasning paydo boʻlishi bilan Albano Bizzari ikkinchi raqamli darvozabonga aylangan.
2000-yilning yozida Albano Bizzari „Real Valladolid“ klubiga oʻtdi.
Albano Bizzari 2006—2007-yillarda „Gimnàstic de Tarragona“ klubida faoliyatini davom ettirgan.
Italiya 2007-yilning iyun oyida Albano Bizzari Italiyaning „Calsio Catania“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 2008—2009-yillarda Albano Bizzari oʻzining debyut oʻyinlarining katta qismini Ciro Polito ortida (ikkinchi raqamli darvozabon sifatida) zaxirada oʻtkazgan. .
Albano Bizzari 2009-yilning iyun oyida „Lazio“ klubiga tekin transfer orqali qoʻshildi.
2018-yilning 16-iyulida "Udinese" klubi bilan asosiy diviziondagi oʻyinlaridan soʻng, Albano Bizzari B Seriya vakili „Foggia“ klubi safiga qoʻshilgan.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati Garchi Albano Bizzari hech qachon Argentina milliy futbol terma jamoasi safida oʻynamagan boʻlsa-da, Bizzarri 1999-yilgi Amerika Kubogida Argentina milliy futbol terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritilgan.
Faoliyat statistikasi +KlubMavsumLigaMilliy kubukMintaqaBoshqaUmumiyDiviziyaOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniOʻyinGollar soniReal Madrid1999— 2000La Liga70004010120Valladolid2000— 2001La Liga26020——2802001— 20020060——602002— 200338040——4202003— 200438030——4102004— 200539010——4002005— 200633000——330Umumiy174016000001900Gimnàstic2006— 2007La Liga22000——220Catania2007— 2008A Seriya7000——702008— 200932020——340Umumiy390200000410Lazio2009— 2010A Seriya000040—402010— 20110000——002011— 2012701030—1102012— 2013501050—110Umumiy1202012000260Genoa2013— 2014A Seriya1000——10Chievo2014— 2015A Seriya28000——2802015— 201635010——360Umumiy630100000640Pescara2016— 2017A Seriya29010——300Udinese2017— 2018A Seriya32000——320Umumiy3790210160104170 Real Madrid
UEFA Chempionlar Ligasi: 1999—2000
Lazio
Italiya Superkubogi: 2009 Italiya kubogi: 2012—2013
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi argentinalik muhojir sportchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Real Madrid CF futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar