Anthony Kelvin Stewart () (1992-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Anthony Stewart Shotlandiya Premer-ligasi vakili „Aberdeen“ futbol klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati Anthony Stewart „Wycombe Wanderers“ futbol klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. 2011-yilda Anthony Stewart klub bilan oʻzining birinchi professional shartnomasini imzolashga muvaffaq boʻlgan.

Anthony Stewart klub safidagi idebyut oʻyinini 2012-yil 14-yanvarda „Preston North End“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazgan. Shundan soʻng Anthony Stewart oʻzining navbatdagi oʻyinini „Stevenage“ futbol klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda oʻtkazgan. Keyin Anthony Stewart „Carlisle“ futbol klubi bilan 1:1 hisobidagi durang oʻyinda ham maydonga tushgan. Anthony Stewartning asosiy jamoa oʻyinchisi sifatida paydo boʻlishi Birinchi liga jamoalari „Charlton“, „Colchester“ va „Stevenage“ futbol klublari tomonidan qiziqish bildirilgan vaqtga toʻgʻri kelgan.

Anthony Stewart 2014-yil noyabr oyida „Crewe Alexandra“ futbol klubi safiga ijara asosida qoʻshilgan. 2015-yilning yanvarida Anthony Stewart „Crewe“ klubi bilan mavsum oxirigacha amal qiladigan qisqa muddatli shartnoma imzolagan.

2015-yil 26-iyunda, 2014—2015-yilgi mavsum oxirida „Crewe“ futbol klubini tark etganidan soʻng, Anthony Stewart yana ikki yillik shartnoma asosida „Wycombe Wanderers“ futbol klubi safga qoʻshilgan. 2020-yil 13-iyul kuni Anthony Stewart „Wycombe Wanderers“ klubi uchun birinchi golni Wembley stadionida „Oxford United“ futbol klubiga qarshi EFL Birinchi liga pley-off finali bahsidagi uchrashuvda kiritishga muvaffaq boʻlgan.

2022-yil 22-iyun kuni Anthony Stewart Shotlandiya Premer-ligasi vakili "Aberdeen" futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. 2022-yil 8-iyulda „Aberdeen“ klubi menejeri Jim Goodwin Anthony Stewart klub sardori lavozimini egallashini eʼlon qilgan.

Statistikasi

Klub

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarWycombe Wanderers2011—2012Birinchi liga40000000402012—2013Ikkinchi liga1911010102212013—2014333301021394Wycombe564402031655Crewe Alexandra2014—2015Birinchi liga100000000100Crewe100000000100Wycombe Wanderers2015—2016Ikkinchi liga2713010003112016—20173114110514132017—20181712000302212018—2019Birinchi liga1700011101912019—20203422110003732020—2021Chempionat3210010003312021—2022Birinchi liga392102000422Wycombe1978122719122512Aberdeen2022—2023Shotlandiya Premer ligasi70005000120Jami2701216214112231217

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari