Pedro Victor Delmino da Silva () (1998-yil 13-aprelda tugʻilgan)— Pedrinho nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi. Pedrinho A Seriya Campeonato Brasileiro vakili Atlético Mineiro futbol klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. U klub safiga Ukraina Premer-ligasi vakili „Shakhtar Donetsk“ futbol klubidan ijaraga olingan.
Klublardagi faoliyati
Dastlabki yillar Pedrinho yoshligida „CSA“ klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan. 2011-yilda Pedrinho „Vitória“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. „Corinthians“ futbol klubi safiga 2013-yilda „Vitoria“ futbol klubida qisqa vaqt oʻtkazgandan soʻng kelib qoʻshilgan edi. Pedrinho 2016-yilgi Copa San Paulo de Futebol Júnior va 2016-yilgi U20 Campeonato Brasileiro jamoalarining bir qismi boʻlib, ikkala turnirda ham jamoa bilan birga ishtirok etgan va yakunda jamoa ikkinchi oʻrinni egallagan. Keyingi yili Pedrinho 2017-yilgi San-Paulu de Futebol Junior kubogining eng yaxshi futbolchisi sifatida tanlandi. Shu yili „Corinthians“ futbol klubi kubokdagi oʻninchi chempionligini qoʻlga kiritdi.
Corinthians Pedrinho „Corinthians“ futbol klubi safida 2017-yilning 19-martida „Ferroviária“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0 hisobidagi magʻlubiyat) oʻzining rasmiy debyutini oʻtkazdi.
Benfica 2020-yil 11-mart kuni „S.L. Benfica“ futbol klubi Pedrinho bilan 20 million yevro evaziga, 2025-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolagani haqida xabar berdi. Futbolchi Portugaliya transfer bozori ochilgunga qadar „Corinthians“ futbol klubida qoladigan boʻldi.
Shakhtar Donetsk 2021-yil 9-iyun kuni „Benfica“ futbol klubi Pedrinhoni 18 million yevro evaziga Ukraina Premer-ligasi vakili „Shakhtar Donetsk“ futbol klubiga sotib yuborganini eʼlon qildi. 2021-yilning 13-iyunida Pedrinho Ukraina klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.
Atlético Mineiro (ijara) 2022-yil 30-iyun kuni „Atlético Mineiro“ futbol klubi „Shakhtar“ bilan Pedrinhoni bir yillik ijaraga olish boʻyicha shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.
Faoliyat statistikasi
+Klub statistikasi Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami Boʻlim Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin GollarCorinthians 2017 Seriya A 12 0 0 0 2 1 6 0 20 1 2018 Seriya A 35 0 5 1 6 0 7 1 53 2 2019 Seriya A 28 5 4 0 8 2 17 0 57 7 2020 Seriya A — — 1 0 3 0 4 0 Jami 75 5 9 1 17 3 33 1 134 10Benfica 2020—2021 Primera Liga 19 0 4 1 5 0 3 0 31 1Shakhtar Donetsk 2021—2022 Ukraina Premer-ligasi 11 3 0 0 7 1 1 0 19 4Atlético Mineiro (ijara) 2022 Seriya A 7 0 — 1 0 — 8 0 Jami 112 8 13 2 30 4 37 1 192 15
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Braziliyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar