Butunjahon radio kuni ( YUNESKOning boshqa rasmiy tillarida :, ‎ , , ) — YUNESKO Bosh anjumanida 13-fevralda e’lon qilingan.

Tarixi Bu Butunjahon radio kuni muassasasini bunyod etish g‘oyasi Ispaniya radio akademiyasi prezidenti Xorxe Alvaresdan chiqqan. 2008-yil yanvarda u YUNESKO Bosh direktori Koitiro Masuuradan qo‘llab-quvvatlashini so‘radi.

2011-yil 19-oktabrda YUNESKO Bosh anjumani 36 C/63 rezolyusiyasida 13-fevralni Jahon radio kuni deb e’lon qiladi. 1946-yilning ayni shu sanasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan BMT radiosiga asos solinadi. Dastlab, bu taklif Ispaniyaning YUNESKOdagi doimiy delegasiyasidan kelib tushadi .

Shunga ko‘ra, 2012-yildan buyon Ispaniya radio akademiyasi ushbu kunni har yili nishonlashni yo‘lga qo‘yish va shu tariqa ushbu aloqa vositasining nufuzini oshirish maqsadida Butunjahon radio kuni Xalqaro qo‘mitani yaratishga ko‘maklashdi .

2013-yil 14-yanvarda BMT Bosh Assambleyasi Butunjahon radio kuni deb e’lon qilinishini rasman qabul qiladi. Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyalarining 67-sessiyasida YUNESKO Bosh anjumanining 36-sessiyasi to‘g‘risidagi rezolyusiya qabul qilinadi, unda 13-fevral Butunjahon radio kuni deb e’lon qilinadi. Ayni bu tashabbus ham Ispaniya Qirolligidan chiqadi va Ispaniyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan ma’qullanadi .

Butunjahon radio kuni mavzulari Yil Mavzu 2021 yil Yangi olam, yangi radio 2020 Turfa xillik 2019 Muloqot, bag'rikenglik va tinchlik 2018 Radio va sport 2017 yil Radio bu — siz 2016 yil Qiyinchilik davrida radio va favqulodda vaziyatlar О Всемирном дне радио | World Radio Day 2016 2015 yil Yoshlar va radio Всемирный день радио 2015 2014 yil Radioda jins tengligi 2013 yil Butunjahon radio kuni 2013 2012 yil Butunjahon radio kuni 2012

Manbalar

Havolalar

YuNESKO Jahon radio kunining rasmiy sayti ) Jahon radio kuni | Birlashgan Millatlar Tashkiloti (rus. ) Xalqaro radio qo'mitasi

Turkum:Birlashgan Millatlar Tashkiloti kunlari