Mavono Ayniy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan xurosonlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Qurʼon hofizi ekanligini, xattotlik bilan ham mashgʻul boʻlgani, muloyim nazmiy tabʼi borligini aytadi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:Manam dur az mahi roʻi tu har shab to sahar giryon,
Surohivor dil pur xunu bar sar chashmi tar giryon.
(Mazmuni: Men oy yangligʻ yuzing (sen)dan yiroqda har kecha sahargacha yigʻlab chiqaman.
Dilim may idishi kabi qonga toʻla, nam koʻzim qarshisida yigʻlaydi).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik