Mavlono Asiliy (15–16-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan mashhadlik shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning oʻsha davrda Mashhadda eng taniqli, xushtabʼ shoir boʻlgani, nastaʼliq xatini yaxshi bitishi haqida maʼlumot beradi va quyidagi matlaʼsini keltiradi:Chu ba tifliyash bididam binamudam ahli dinro.
Ki, shavad baloi jonho, ba shumo supurdam inro.
(Mazmuni: Uning yoshlik chogʻini koʻrdim va din ahliga koʻrsatdim.
Jonlarga balo boʻlsin, buni sizlarga topshirdim).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik