Chust tabiat yodgorligi — Namangan viloyati Chust tumani Olmos massivi hududida joylashgan tabiat yodgorligi hisoblanib, uning umumiy yer maydoni ni tashkil etadi Mazkur hududning janubiy qismi dengiz sathidan 742 metr, shimoliy qismi 779 metr, sharqiy qismi 764 metr, gʻarbiy qismi esa 774 metr balandlikda joylashgan. Tashkil etilishi Chust tabiat yodgorligini tashkil etish — Oʻrta Osiyo oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti tashabbusi bilan Namangan hokimiyatining (shuningdek, Namangan viloyati soveti ijroiy kometetining) 19-avgust 1990-yildagi 65/5-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. Qishloq xoʻjalik ekinlarini himoya qilish maqsadida entomologiya qoʻriqxonasi va bogʻ hududini tashkil etish maqsadida Chust tumani Lenin nomli kolxoz (hozirgi Olmos) hududidan Chust rayon soveti prizidumining 1990-yil 31-avgustdagi № II-5/15 son qarorida aniqlangan shartlar asosida yer maydoni ajratilgan.
Yer maydoni Tabiiy yodgorlik maydoni umumiy hisobda boʻlib, shundan suv sharoioti ogʻir boʻlgan ekin yerlari, qarovsiz qoldirilib samarasiz foydalanilayotgan bogʻzor, qismi ariq, yoʻllar, qurilish bilan band boʻlgan yerlar oʻrni, hamda hudud qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarni tashkil etadi.
Mazkur hududni tashkil etishdan maqsad entomologik qoʻriqxona tashkillashtirish hisoblanadi. Bu maskan foydali hasharotlar zahirasi boʻlib xizmat qiladi, ularning vegetatsiya davrida koʻchishi paxta, sabzavot va poliz ekinlari shuningdek, bogʻdagi daraxtlarning hosilini oshirish va u yerdagi zararkunandalarga qarshi kurashish maqsadida tashkil etilgan. Hozirgi kunda koʻp tarmoqli „Mahmudobod“ fermer xoʻjaligi bogʻdorchilik va sabzavot yetishtirish uchun mazkur hududdan foydalanib kelmoqda.
Yana qarang Oʻzbekistondagi qoʻriqxonalar Manbalar
Turkum:Ekologiya Turkum:Namangan viloyati geografiyasi Turkum:Oʻzbekistondagi qoʻriqxonalar