Bryan Callen – (1967-yil 26-yanvarda tugʻilgan) amerikalik stand-up komediyachi, aktyor, yozuvchi va podkaster. U Beverly Hills teatr maktabida aktyorlik sanʼatini oʻrgangan. Callen oʻz faoliyatini MADtv komediya yoʻnalishida faoliyat olib boruvchi koʻrsatuvning dastlabki aktyorlaridan biri sifatida boshlagan. U „The Goldbergs“ serialida Mellor murabbiy rolini ijro etgan va „The Goldbergs“ ning spin-off seriali „Schooled“ da bu rolni asosiy qahramon sifatida davom ettirgan. Shuningdek, u Brendan Schaub bilan birgalikda „The Fighter and the Kid“ nomli podkastning hammuallifi hisoblangan.
Manbalar
Havolalar
Official MADtv site
Turkum:Amerikalik erkak ovoz aktyorlari Turkum:Amerikalik erkak televideniye aktyorlari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1967-yilda tugʻilganlar