Vitaliy Nikolayevich Martanus (1896-yil 27-aprel – 1955-yil 27-iyun) – SSSR Qurolli Kuchlari general-mayori, Polsha xalq armiyasi brigadasi generali.
Hayoti 1896-yil 27-aprelda Jabluvokda (Vilna viloyati, Oshmyaniy tumani) polyak oilasida tugʻilgan. 1913-yilda Daugavlipsdagi maktabni tugatgan. 1915-yilda Rossiya imperatorlik armiyasi safiga chaqirilib, nemis qoʻshinlariga qarshi janglarda qatnashgan. 1916-yilda ofitserlar maktabini tamomlagan. Rossiya imperatorlik armiyasining praporshiki. Avliyo Georgiy xochi bilan taqdirlangan. U urush vaqtida uch marta yaralangan va ikki marta snaryaddan zarba olgan.
1918-yildan Qizil Armiya safida xizmat qilgan, 1919—1921-yillarda Gʻarbiy va Sharqiy frontlarda Rossiya fuqarolar urushida qatnashgan. 528-piyoda polki komandiri boʻlgan. 1942-yil apreldan Butunittifoq Kommunistik partiyasiga (bolsheviklar) aʼzo boʻlgan. Ulugʻ Vatan urushi yillarida Arzamas pulemyot va minomyot maktabining boshligʻi boʻlib, 3 mingdan ortiq ofitserlarni tayyorladi. 1944-yil 3-iyunda unga general-mayor unvoni berildi .
1944-yil 25-mayda u Polsha xalq armiyasiga xizmat qilish uchun yuborildi, 12-iyunda Ryazandagi Polsha oliy harbiy maktabi (keyinchalik Rembertov shahridagi Oliy ofitserlar maktabi) qoʻmondoni etib tayinlandi. U 1945-yil 30-apreldan 28-avgustgacha Skiernevitsedagi 1-piyoda oʻquv diviziyasi qoʻmondoni boʻldi. Keyinchalik Polsha armiyasining brigada generali lavozimiga koʻtarildi.
Keyinchalik u SSSRga qaytib keldi, 1946-yil noyabrgacha Solnechnogorskdagi „Vystrel“ oliy ofitserlar kurslarining birinchi kursi (miltiq polklari komandirlari) boshligʻi edi. Vitaliy Martanus Toshkentda vafot etdi va Botkin qabristoniga dafn qilindi.
Mukofotlari Avliyo Georgiy xochi, 4-darajali Qizil Bayroq ordeni Ishchilar va dehqonlar Qizil Armiyasining XX yillik medali (1941) Qizil yulduz ordeni Lenin ordeni (1945-yil 6-noyabr)
Manbalar
Turkum:Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etilganlar Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Ishchi-Dehqon Qizil Armiyasining XX yilligi yubiley medali sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:General-mayorlar (SSSR) Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1955-yilda vafot etganlar Turkum:27-iyunda vafot etganlar Turkum:1896-yilda tugʻilganlar Turkum:27-aprelda tugʻilganlar