Aleksey Yuriyevich Xotin (21-may 1974-yil, Minsk) — rossiyalik tadbirkor, moliyaviy tashkilotlar, koʻchmas mulk va neft-gaz kompaniyalari aktsiyalari egasi. 2016-yilda Forbes jurnali reytingiga koʻra, Rossiyaning 100 ta eng boy odamlari reytingida 95-oʻrinni egallagan.
Biografiya
Aleksey Xotin 1974-yil 21-mayda Minsk shahrida (Belarus SSR) tugʻilgan. 1991-yilda Minsk Suvorov harbiy bilim yurtini, 1997-yilda G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Aleksey Xotin oʻz biznesini otasi Yuriy Xotin bilan birgalikda yuritadi. Aleksey Xotin uylangan va ikki farzandi bor.
Aleksey Xotin suzish boʻyicha sport ustasi unvoniga ega. U xalqaro sambo federatsiyasi, Butunrossiya amaliy oʻq otish federatsiyasi, „Dinamo“ mini-futbol klubi va tungi xokkey ligasi kabi bir qancha sport tashkilotlariga homiylik qiladi.
Xotinlarning oilaviy biznesi boʻyicha tadqiqot olib borgan "Vedomosti" gazetasining taʼkidlashicha, Xotinlar oilasi biznesining muvaffaqiyatiga ularning Rossiya hukumatining yuqori darajadagi koʻplab amaldorlari bilan oʻzaro aloqalari juda katta yordam bergan. Gazeta, shuningdek, Xotinlarning biznesi asosan kredit pullariga tayanishini va Xotinlar oilasi aʼzolari matbuot bilan aloqa qilishdan bosh tortishini koʻrsatadi.
Aktivlar
thumb| „Moskva“ mehmonxonasi, Xotinlarga tegishli eng mashhur koʻchmas mulk ob’ektlaridan biri thumb| „Gorbushkin Dvor“ savdo markazi Xotin va uning otasi, matbuot xabarlariga koʻra, Moskvada umumiy maydoni 1,8 million m2 boʻlgan 30 ga yaqin savdo va ofis markazlariga ega boʻlib, bularga, Manejnaya maydonidagi Moskva mehmonxonasi, Bagrationovskaya metro bekati yaqinidagi „Filion“ savdo markazi, Gorbushkin Dvor savdo markazini kiradi.
2013-yilda Xotin va uning otasi Forbes jurnalining „Rossiya koʻchmas mulki qirollari“ reytingida 6-oʻrinni egallagan. 2018-yil oxirida Xotinlar oilasiga tegishli „Kompleksniye investitsii“ kompaniyasi chakana savdo va ofis maydonlarini ijaraga berishdan yiliga 285 million dollar daromad oladi va „Rossiya koʻchmas mulki qirollari“ reytingida toʻqqizinchi oʻrinni egallaydi.
1996-yildan beri Xotin boshqaruvi ostida harbiy texnika, kimyoviy xom ashyo, xalq isteʼmoli mollari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi bir qancha sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.
2001-yildan to 2003-yilgacha Xotin Moskva kimyoviy kompleks tashkilotlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan.
Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2010-yillarda Xotin kamida 10 ta neft kompaniyasini sotib olgan, ular 2016-yilda taxminan 2,5 million tonna neft ishlab chiqargan. 2011-yilda Xotin kompaniyasining katta ulushini sotib oladi. Shuningdek, „Dulisma“ neft kompaniyasi va „Kuwait Energy“ kompaniyasining ulushiga ham ega.
Xotin Kipr-Shveytsariyaning Radamant Financial firmasi orqali „Yugra“ bankining yarmidan koʻproq qismiga egalik qilgan. 2017-yilda RF Markaziy banki bankning litsenziyasini bekor qiladi. Keyinchalik, Omonatlarni sugʻurtalash agentligi bank tomonidan berilgan barcha kreditlarning 98% (taxminan 240 milliard rubl) uning egasi Aleksey Xotinning koʻchmas mulk va neft ishlab chiqarishdagi biznesini moliyalashtirish uchun ishlatilganligini taʼkidlaydi. Bank litsenziyasi bekor qilinganidan soʻng, tadbirkor bilan aloqador boʻlgan qarzdorlar oʻz kreditlarini toʻlashni toʻxtatadilar va natijada 2019-yil aprel holatiga koʻra, umumiy qarzning 99,9 foiziga xizmat koʻrsatilmaydi.
2019-yil aprel oyida „Yugra“ banki „Dulisma“ neft kompaniyasini bankrot deb topish uchun sudga daʼvo arizasi beradi.
Jinoiy ish
2019-yil 19-aprelda Xotin FSB va Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan „Yugra“ bankidan 7,5 milliard rubl miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻgʻirlash boʻyicha jinoiy tergov ishi doirasida qoʻlga olinadi. Tadbirkor bank boshqaruvi raisi Dmitriy Shilyayev va kredit tashkiloti prezidenti Aleksey Nefedov bilan birga uy qamogʻiga olinadi.
Sud hukmi
2024-yil 4-martda Moskvaning Zamoskvoretskiy sudi Aleksey Xotinni 23 milliard rubldan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlikda ayblab, 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi va u jazoni umumiy rejimdagi koloniyada oʻtashi belgilandi.
Manbalar
Turkum:Rossiya milliarderlari Turkum:Minskda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:21-mayda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha shaxsiyatlar