„Tangalik bolalar“ — 1990-yil Sovet davlatining soʻnggi yillarida suratga olingan badiiy film. Film Boʻstonliq tumanining Sijjak qishlogʻida suratga olingan.
Tarixi Film 1990-yilda, yaʼni Sovet davlatida amalga oshirilgan „Qayta qurish“ siyosati davrida suratga olingan. Unda „Qayta qurish“ davrida boʻy koʻrsatgan ochiqlik siyosati taʼsiri yaqqol koʻzga tashlanib turadi.
Mavzusi Filmning bosh qahramonlari qishloqdan shaharga oʻz tashvishlari bilan kelgan oʻsmir bola va ikki nafar yigitdir. Bu uch nafar bosh qahramon uch xil sabab ortidan Toshkentga keladi. Xususan, Zokir shoirlik qobiliyatini koʻrsatish va kitob chiqarish, Doston qishloqdan shaharga ketib qolgan onasini topish, Nortoy doʻstlari bahonasida poytaxt koʻchalarini kezib, qizlar bilan tanishish istagida.
Soundtracklari „Tangalik bolalar“ filmi bosh qahramonlardan biri — Doston tomonidan kuylangan „Tulpor“ qoʻshigʻi bilan ham mashhur.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston filmlari Turkum:Oʻzbekiston SSR filmlari Turkum:Oʻzbek tilidagi filmlar