Javid Shakirovich Gamzatov (1989-yil; 27-dekabr; Qizilyurt, Dogʻiston ASSR) — belaruslik Yunon-rum (klassik) kurashchi, Universiadaning bronza medali sovrindori (2013), jahon chempionatining bronza medali sohibi (2013), Rio-de-Janeyro olimpiadasining bronza medali sohibi. Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (2016). Lezgin millatiga mansub.
Tarjimai holi Javid Gamzatov Dogʻistonda tugʻilgan. Javidning ota-onasi Dokuzparin tumanining Qurush qishlogʻidan. Qizilyurt shahridagi 1-bolalar va oʻsmirlar sport maktabida erkin kurash bilan shugʻullana boshlagan. Birinchi murabbiyi — Xaybulayev Xaybula Magomedrasulovich.
2006-yilda Belarus Respublikasiga koʻchib oʻtgan va u yerda Malik Eskendarov bilan birga mashgʻulotlarni davom ettirgan.
Belarus davlat universitetining yuridik fakultetini sirtdan tamomlagan.
Gamzatov Ulan-Batorda oʻtkazilgan birinchi jahon saralash turnirida gʻalaba qozonib, 2016yilgi yozgi olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan. Rio-de-Janeyrodagi olimpiadadagi ishtirokini qurʼa tashlash marosimidagi omad tufayli Javid toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi davradan boshladi va xitoylik raqibi — Peng Feini ishonchli tarzda magʻlub etdi. Chorak finalda avstriyalik Amer Hrustanović magʻlub etildi. Yarim finalda Gamzatovning raqibi amaldagi jahon va Yevropa chempioni, ukrainalik Zhan Beleniuk boʻldi. Butun jang davomida Javid bir ochko ham qoʻlga kirita olmadi va 0:6 hisobida magʻlub boʻldi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Gamzatov qiyin bahsda bolgariyalik Nikolay Bayryakovni magʻlub etdi va bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ushbu musobaqada Javid Gamzatov Belarus terma jamoasining yunon-rum kurashi boʻyicha medal olishga muvaffaq boʻlgan yagona vakiliga aylandi. Rio olimpiadasida Belarus Respublikasi sharafini 123 nafar sportchi himoya qilgan.
Yutuqlari
2016-yilgi Rio-de-Janeyrodagi olimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori. 2013-yil Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori. 2013-yil Qozon shahrida oʻtkazilgan Universiadaning bronza medali sovrindori.
Manbalar
Havolalar Javid Gamzatovning Sports-Reference.com saytidagi sahifasi Javid Gamzatovning International Wrestling Database saytidagi sahifasi
Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:27-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Belarus sportchilari Turkum:Rossiyada tugʻilganlar