Fallot triadasi - tugʻma yurak nuqsoni. Fallot triadasi fransuz shifokori Etyen-Lui Artur Fallot nomi bilan atalgan.

Morfologiyasi Fallot triadasi 3 ta morfologik komponentga ega boʻlgan koʻk yurak kasalligi deb ataladi:

pulmonar arteriya qopqogʻi stenozi yoki yurakning oʻng qorinchasining chiqish yoʻllarining obstruktsiyasi; yurakning oʻng qorinchasining gipertrofiyasi; atriyal septal nuqsoni.

Birinchi ikkita komponent Fallot tetralogiyasi ga ham kiritilgan.

Sabablari va xavf omillari Fallot triadasi tugʻma nuqson boʻlganligi sababli, uning paydo boʻlishining sababi homiladorlikning birinchi trimestr ida yurak mushaklarining joylashishi va shakllanishi bilan bogʻliq patologiya hisoblanadi.

Xavf omillari:

Homilador ayolning yuqumli kasalliklari, masalan, qizamiq, qizilcha, gripp; Homilador ayollarning spirtli ichimliklar, nikotin va giyohvand moddalarni isteʼmol qilishlari; Surunkali xomilalik gipoksiyasi; Vitamin etishmasligi; Homilador ayol tanasiga gamma nurlari taʼsiri;

Klinik koʻrinishlari

Oʻng qorincha chiquvchi boʻlimining stenozi (klapanli, subklapanli, oʻpkali oʻzak va oʻpka arteriyasi shoxlarining stenozi yoki kombinatsiyasi); Qorinchalararo toʻsiqning yuqori (subaortal) nuqsoni; Aortaning dekstrapozitsiyasi (oʻng tomonga surilishi); Oʻng qorincha gipertrofiyasi. Ovqatlanish paytida nafas qisilishi, yigʻlash, jismoniy faoliyat paytida keksa yoshda; Charchoq, passivlik; Shilliq pardalarning siyanozi; Jismoniy faoliyatdan keyin boʻyin tomirlarining shishishi va pulsatsiyasi; Jismoniy faoliyatdan keyin hushidan ketish;

Uzoq vaqt davom etganda:

jismoniy rivojlanishning kechikishi; barmoqlarning qalinlashishi („Baraban tayoqchasi simptomi“) gepatomegali; gipertelorizm; 8-12 yoshda siyanoz paydo boʻladi.

Asoratlari Fallot triadasining eng koʻp uchraydigan asoratlari sifatida tromboemboliya, yuqumli endokardit va surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanadi.

Diagnostikasi

Toʻliq qon tahlili: qizil qon tanachalari va gemoglobin darajasining oshishi (gipoksiya oqibatlari); EKGda oʻng yurakning gipertrofiyasi belgilari; Oʻpka arteriyasi stenozi va interatrial septum tuzilishi patologiyasini aniqlash uchun angiografiya; Rentgen tekshiruvi oʻng qorinchaning kengayishini aniqlashga qaratilgan; Ekokardiyografiya;

Davolash Fallot triadasi torakotomik kirish orqali jarrohlik yoʻli orqali davolanadi.

Manbalar

Havolalar https://mymedic.uz/kasalliklar/yurak-tomir/fallo-tetradasi/

Yana qarang:

Tugʻma yurak nuqsonlari

Turkum:Kardiologiya Turkum:Kasalliklar Turkum:Tugʻma nuqsonlar