Diabetik ketoatsidoz – diabet kasalligining havfli asoratlaridan biri. Belgilari qusish, qorinda ogʻriqlar, chuqur nafas, diurezning kuchayishi, umumiy holsizlik, baʼzan xotira yoqolishi kuzatiladi. Nafasdan oʻziga hos meva hidi kelib turadi. Qandli diabetga tashxis qoʻyishda diabetik ketoatsidoz holati birinchi alomatlar sifatida koʻzga tashlanadi.
Qandli diabetning birinchi turida ketoatsidoz koʻp uchraydi. Bu asosan insulin yetishmaslikdan kelib chiqadi. Natijada yogʻ kislotalarining yogʻ toʻqimasidan ishlab chiqarilishi buziladi va keton tanachalari hosil boʻlishi ortadi. Natijada, qonda va siydik tarkibida shakar, Ph miqdori, keton tanachalar koʻpligi aniqlanadi.
Diabetik ketoatsidozni davolashda vena orqali koʻproq suyuqlik va insulin buyuriladi. Insulin tomir ichiga vena orqali yoki teri ostiga yuboriladi. Qonda kaliy, shakar, Ph darajasi tekshirib turiladi. Diabetik ketoatsidozga chalingan bemorlar koʻrsatkichi dunyo boʻyicha farq qiladi. Buyuk Britaniyada diabetga chalingan bemorlarda ketoatsidoz holati uchrashi 4%, Malayziyada esa bu koʻrsatkich 25% ga teng.
Belgilari Diabetga uchragan bemorlarda dastlabki belgilar ilk 24 soat ichida rivojlana boshlaydi. Asosiy simptomlar koʻngil aynishi, qayd qilish, chanqash, koʻp siydik ajralishi, qorinda kuchli ogʻriq. Ikkilamchi kasalliklar sifatida oʻtkir pankreatit, appenditsit, oshqozon yaralari, qiziloʻngach erroziyasi holatlariga olib keladi. Bunda kofe rangida qon qusish, ogʻir holatlarda sezgirlikning pasayishi va koma kelib chiqishi mumkin. Bemorni obektiv tekshirganda ogʻiz qurishi, teri turgorligining pasayishi, suvsizlanish kabi klinik belgilar naʼmoyon boʻlganligini koʻrish mumkin. Suvsizlanish oqibatida qon umumiy hajmi kamayishi va yurak tez urushi, qon bosimi pasayishi sodir boʻladi. Nafas olish Kussmaul turda boʻlib, atseton koʻp ajralishi hisobiga meva hidi kelib turadi. Bolalarda diabetik ketoatsidoz oqibatida kelib chiqadigan asosiy kasallik miya shishi boʻlib, bu bosh ogʻrigʻi, koma, koʻz reflekslarining yoqolishi va oʻlimgacha olib keladi. Bu holat diabetik ketoatsidoz bilan kasallangan har 100 ta boladan bittasida uchrab, kattalarda koʻp kuzatilmaydi.
Diagnostikasi Tekshiruvlar
Diabetik ketoatsidozga giperglikemiya, qonda ketonlar miqdori ortishi, siydikda atsidoz aniqlanganda tashxis qoʻyiladi. Qonda Ph miqdori, siydikda atsetoatsetat testi, kapillyar qonda b-gidroksibutirat darajasi aniqlanadi. Qoʻshimcha tekshirish usullaridan qonda karbamid, kreatinlar, oʻtkir pankreatitni aniqlash uchun amilaza, lipazalar, buyraklar faoliyati, koʻkrak qafasi rentgenologiyasi, siydik tahliliga tashxis qoʻyilib, aniq xulosa chiqariladi. Miya shishi belgilari kuzaytilayotgan boʻlsa kompyuter tomografiyasi oʻtkaziladi.
Oldini olish
Qandli diabetga uchragan bemorlarda diabetik ketoatsidozning oldini olishda ularga ovqatlanish qoidalariga amal qilish, kun tartibini toʻgʻri tashkillashtirish uqtiriladi. Bemorlarga nohush holatlarni oldini olishga qaratilgan koʻrsatmalar beriladi. Ushbu koʻrsatmalarga meyoriy dozada insulin olish, tuzli, uglevodli taomlar isteʼmolini cheklash, oson hazm boʻladigan parhez taomlar isteʼmol qilish, infeksiyalardan saqlanish, isitmani oldini olish kabilar kiradi. Qandli diabet bilan ogʻrigan odamlar oʻzlaridagi insulin, ketonlar miqdorini doimiy tekshirtirib turishlari tavsiya etiladi.
Epidemiologiyasi Har yil davomida diabetga chalinganlar orasida diabetik ketoatsidoz holati har 1000 tadan 4,6-8,0 kishida uchraydi. Birlashgan Qirollikda 4%, Malayziyada 25% aholida diabetik ketoatsidoz belgilari kuzatiladi. AQShda bu holat bilan har yili 135 000 bemor davolanadi. Bolalar orasida 1-toifa diabetga chalinganlardan 30%ida diabetik ketoatsidoz tashxisi qoʻyiladi. Bolalarning 1% ida ushbu kasallik bilan birga miya shishi kuzatiladi. Bunday bolalardan har 10 tadan 2-5 nafari vafot etadi.
Manbalar
Turkum:Kasalliklar Turkum:Ketoatsidoz Turkum:Tibbiyot Turkum:Endokrinologiya