Kelechi Iheanacho (;) – nigeriyalik futbolchi, "Leicester City F.C." va Nigeriya milliy futbol terma jamoasi hujumchisi.
Karyerasi Kelechi Nigeriya futbol maktabi Tayvo Akademiyasi bitiruvchisi.
Manchester City F. C. 2014-yilning yanvarida u Angliyaning "Manchester City F.C." klubi bilan shartnoma imzolagan. U 2015-yilning 29-avgust kuni APL 4-turida "Watford Football Club" ga qarshi oʻyinda kattalar jamoasi safida debyut qilgan. U klubdagi ilk golini 2015-yilning 12-sentabr kuni chempionatning 5-turida „Kristal Pelas“ ga qarshi oʻyinda urgan. 2016-yilning 30-yanvarida yosh hujumchi Angliya kubogi doirasidagi oʻyinda "Aston Villa F.C." ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etgan.
„Shaharliklar“ uchun 64 ta oʻyinda u butun faoliyati davomida 21 ta gol urgan.
Leicester City F. C. 2017-yil 3-avgustda u "Leicester City F.C." ga koʻchib oʻtgan. Futbolchi bilan shartnoma besh yillik muddatga tuzilgan. Shartnomaning moliyaviy shartlari oshkor etilmagan, biroq avvalroq ingliz OAVlari transfer summasi 25 million funt (taxminan 27,9 million yevro) boʻlishini xabar qilgan edi. 2017-2018-yilgi mavsumda u chempionatda 21 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan.
Terma jamoadagi faoliyati 2013-yilda yosh futbolchi FIFA U-17 Jahon chempionati 2013 da ishtirok etgan. U turnirdagi barcha oʻyinlarni oʻtkazgan va uning jamoasi jahon chempioni unvoniga erishgan. Meksikaliklar bilan debyut uchrashuvida Kelechi toʻrtta gol urgan. Shuningdek, u eronliklarga gol urgan va Meksika terma jamoasiga qarshi final uchrashuvida ham gol urgan. U „Oltin toʻp“ va „Kumush butsa“ni qoʻlga kiritgan.
U Nigeriya milliy futbol terma jamoasidagi debyutini 2015-yilning 13-noyabr kuni FIFA Jahon chempionati 2018 saralashida Svazilend termasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. Uchrashuv golsiz durang bilan yakunlangan. 2016-yilning 27-may kuni u terma jamoadagi ilk golini urgan.
Yutuqlari
Jamoa
Manchester City F. C.
Futbol Ligasi kubogi sohibi: 2015/16
Leicester City F. C.
Angliya kubogi gʻolibi: 2020/21 Angliya Superkubogi sohibi: 2021-yil
Nigeriya terma jamoasi
FIFA U-17 Jahon chempionati 2013: 2013-yil
Shaxsiy
FIFA U-17 Jahon chempionati 2013ning „Oltin toʻp“ sohibi: 2013-yil FIFA U-17 Jahon chempionati 2013ning kumush butsasi sohibi: 2013-yil
Manbalar
Havolalar
Profil Lester Siti FC rasmiy saytida Premer-liganing rasmiy saytidagi profil
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Nigeriyalik erkak futbolchilar Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Leicester City F.C. futbolchilari Turkum:Futbol boʻyicha U-17 jahon chempionlari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar