Turon futbol klubi () – Turkmanistonning Toshoʻgʻuz shahrida joylashgan futbol klubi. Jamoa turkman futbolining oliy divizioni, Turkmaniston Yokari ligasida ishtirok etadi. Klubning uy stadioni – Dashoguz stadioni. 2010-yil may oyida Turkmaniston futbol federatsiyasi qarori bilan klub nomini Turan Toshoʻgʻuzdan „Toshoʻgʻuz“ga oʻzgartirilgan. 2016-yilda esa eski nom qaytarilgan.
Tarix Turon jamoasi 1992-yilda „Zarya“ nomi bilan tashkil etilgan boʻlsada, 1993-yilda „Toshoʻgʻuz“ FK nomiga oʻzgartirilgan. „Turan“ nomi bilan 1994-yildan Turkmaniston Oliy ligasida oʻynab kelmoqda.
1995-yil dekabr oyida Turkmaniston kubogi finalida „Ashxobod Kopetdog“ jamoasini magʻlub etdi (4:3) va birinchi marta mamlakat kubokini qoʻlga kiritgan. Turon ikki marta Osiyo Kubogi egalari kubogida ishtirok etgan.
2006-yilda „Turon“ hujumchisi Hamza Allamov Turkmaniston chempionatining eng yaxshi toʻpurari (22 gol) boʻlgan, jamoa esa turnir jadvalida 6-oʻrinni egallagan.
Turkmaniston futbol federatsiyasining 2010-yil may oyida qabul qilingan qarori bilan klub Turkmanistonning shimoliy hududi nomi sharafiga „Toshoʻgʻuz“ deb oʻzgartirilgan. 2015-yilgi chempionatda jamoa turnir jadvalida oxirgi, 10-oʻrinni egallagan. Mavsum yakunida bir necha jamoa moliyaviy qiyinchilik sababli navbatdagi turnirda ishtirok eta olmaganligi natijasida Turon jamoasi elitadagi oʻrnini saqlab qolgan. 2016-yildan buyon klub Turkmaniston chempionatida tarixiy „Turon“ nomi ostida qatnashishda davom etmoqda.
Yutuqlar Turkmaniston kubogi Gʻolib: 1995 Finalchi: 1994 Neytrallik kubogi gʻolibi
Gʻolib: 1996
AFC musobaqalaridagi ishtiroki AFC Osiyo kubogi egalari kubogi 1995–96: Birinchi davra 1996–97: Birinchi davra MavsumTurnirBosqichKlubHisob1995-96AFC Osiyo kubogi egalari kubogiDastlabki bosqich Yangiyer(0-3, 1-1)1996-97AFC Osiyo kubogi egalari kubogiDastlabki bosqich Ordabasi-SKIF(0-0, 1-5)
Manbalar
Havolalar
Turon (futbol klubi, Toshoʻgʻuz) soccerway.com saytida
Turon (futbol klubi, Toshoʻgʻuz) Mamlakat kubogi gʻoliblari jadvali
Turon (futbol klubi, Toshoʻgʻuz) Futbol xalq uchun. Turkmaniston
Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari Turkum:Turkmaniston futbol klublari Turkum:Toshoʻgʻuz Turkum:1992-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:1992-yilda Turkmanistonda tashkil etilganlar