Rohiddin xoji jome masjidi – Andijon viloyati, Jalaquduq tumani Yorqishloq shaharchasida joylashgan masjid . 1997-yil 7-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1997-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishi Masjid binosi 1999-yilda mahalliy aholi tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Binoda bir vaqtning oʻzida 500 nafarga yaqin namozxon ibodat qilishi mumkin. Masjid tarkibidagi kutubxonada umumiy 200dan ortiq ilmiy va diniy kitoblar, qoʻllanmalar mavjud. 2020-yilda masjid xonaqosi joriy taʼmirdan chiqarilgan.

Masjidga uzoq yillardan buyon Alijon Tolipov imomlik qilib kelmoqda. Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha masjidlar Turkum:Jalaquduq tumani Turkum:Andijon viloyati