Gas Project Development Central Asia – Shveysariyaning gaz xizmatlari kompaniyasi. Markaziy Osiyodagi gaz konlarida faoliyat olib boradi. 2003-yil 4-sentyabrda Shveysariyada davlat roʻyxatidan oʻtgan. Rahbari – Philipp Machler. Bosh qarorgohi Shveysariyaning Baar shahrida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi „2017-2021-yillarda uglevodorod qazib olishni koʻpaytirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi PQ-2822-sonli qaroriga muvofiq, kompaniya hamkor tashkilotlar bilan birgalikda „Natural Gas Stream“ qoʻshma korxonasini tashkil etish vazifasi yuklangan. Oʻzbekistondagi yirik „Gissarneftgaz“ qoʻshma korxonasining 45% ulushi kompaniyaga tegishli.
Manbalar