Pavel Butenko (1977-yil 14-dekabrda tugʻilgan) – turkmanistonlik sobiq professional futbolchi, darvozabon ampulasida oʻynagan.

Biografiya Faoliyatining dastlabki davrlarida vatanida, Ashxobodning „Dagdan“, „Nisa“, „Kopetdag“, „Galkan“ klublarida toʻp surgan. 1998/1999 yilgi mavsumda „Nisa“ klubi tarkibida Turkmaniston chempioni, „Dagdan“ jamoasi bilan esa 1997/1998-yilgi mavsumda kumush medal sovrindori boʻldi.

2002-yilgi mavsumda Oʻzbekistonning „Paxtakor“ (Toshkent) jamoasi tarkibiga oʻtgan. Butenko dastlabki mavsumida Oʻzbekiston chempionatida 10 ta oʻyin oʻtkazgan va Paxtakor jamoasi bilan mamlakat chempioni boʻlgan. Keyingi yili mavsumning birinchi qismida „Paxtakor“ jamnoasida atigi 2 ta oʻyin oʻtkazgan va oʻyin amaliyoti kamligi uchun Namanganning „Navbahor“ klubiga oʻtib, jamoaning asosiy darvozaboni boʻlgan. „Navbahor“ klubi tarkibida 2003 va 2004-yillardagi Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori boʻlgan. 2005-yilgi mavsumdan „Mash’al“ jamoasida uch mavsum davomida oʻynagan. Muborak jamoasi bilan milliy chempionatning kumush (2005) va bronza (2007) sovrindori, 2006-yilgi Oʻzbekiston kubogi finalchisi, 2006-yilgi Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi (2006) boʻlgan. Oʻzbekiston oliy ligasida jami 129 ta oʻyinda ishtirok etgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2002 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2002

Havolalar

Pavel Butenko Transfermarkt saytida

Turkum:14-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Ashxobodda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Dagdan futbolchilari Turkum:Kopetdag futbol klubi futbolchilari Turkum:FC Nisa klubi futbolchilari Turkum:FC Asudalik futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar