Said Qutubxon Qutbuddin ash-Shahid () Dovudi Bohraning 32-Daʼi al-Mutlaq lavozimida faoliyat olib borgan. U Qosimxon Zaynuddin bin Firxondan keyin bu lavozimga tayinlangan. U musulmon boʻlgani uchun oʻldirilgan birinchi daʼi edi. Uning vafoti Husayn ibn Alining oʻlimiga oʻxshab ketadi va shuning uchun uning dafn qilingan joyi Mozori Qutbiy Choti Karbalo deb ataladi ().

Oilasi Uning otasi 27-daʼi Said Dovud Bin Qutubshoh, onasi esa Raani Aai Sohiba bintu Ali bhai bin Jiva bhai edi. Uning akasi, ukasi va singlisi boʻlib, ular: 29-daʼi Said Abduttoyyib Zakiyuddin I, Miya Xon-ji va Habiba boʻlgan.

Hayoti Said Qutbiddin hijriy 985-yilning Zulqada oyi 30-sanasiga oʻtar kechasi, Dovud ibn Ajabshoh davrida Ahmadobodda tugʻilgan. Yoshligida u otasi, 27-daʼi Dovud ibn Qutubshoh bilan birga Lahorga, Sulaymon ibn Hasan fitnasida boburiylar imperatori Jaloliddin Akbar saroyiga borgan. Akbar Sulaymon qoʻzgʻatgan vorislik masalasini hal qilish uchun Qutubshohni oʻz saroyiga chaqirtiradi, lekin yakunda Qutubshoh foydasiga shoh farmoni chiqariladi.

Vorisi Qutbiddinning oʻrniga Firxon Shujauddin oʻtirgan. Undan keyin bu lavozimni Mufaddal Sayfuddin egallagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1648-yilda vafot etganlar Turkum:1578-yilda tugʻilganlar Turkum:17-asr ismoiliylari