Humayd ibn Qahtaba ibn Shabib at-Toiy () ilk Abbosiylar xalifaligi davrida yuqori martabali harbiy qoʻmondon boʻlgan.

Biografiyasi Humayd Qahtaba ibn Shabib at-Toiyning oʻgʻli boʻlib, otasi va Abu Muslim bilan birgalikda Umaviylar xalifaligini agʻdarib tashlagan Abbosiylar inqilobiga boshchilik qilgan edi. Humayd akasi Hasan bilan birga inqilobdan oldingi yillarda Xurosondagi Abbosiylar targʻibotida faol boʻlib, naqib oʻrinbosari lavozimida ishlaganCrone (1980), p. 188.

Inqilobdan soʻng, Humayd Suriya noibi Abdulloh ibn Ali bilan yaqin aloqada boʻldi. Hatto noib 754-yilda xalifa al-Mansurga () qarshi isyon koʻtarganda ham uni qoʻllab-quvvatladi. Biroq, tez orada oʻz qaroridan afsus chekib, magʻlubiyatga uchrashidan biroz oldin Abdullohning qarorgohidan qochishga muvaffaq boʻldiKennedy (1986), p. 80. Shunga qaramay, al-Mansur tez orada Humaydga noiblik vazifalarini ishonib topshirdi. Dastlab Jazira (754/55-yil) noibi boʻlib, u yerda shiddatli xorijiylar qoʻzgʻoloniga duch keldi. Soʻngra esa Misr (759/61-yil) noibi boʻldi. 762/63-yilda Iso ibn Muso qoʻl ostida Muhammad an-Nafs az-Zakiyyaning isyonini bostirishda ishtirok etgan. Uch yildan soʻng, Arminiya noibligiga, 768-yilda esa Xuroson noibligiga tayinlandi. Bu lavozimni 776-yilda vafot etgunga qadar egallab turdi. Uning oʻrnini qisqa muddat davomida oʻgʻli Abdulloh egalladi. Keyinchalik Abdulloh Toʻrtinchi fitna davrida yuz bergan fuqarolar urushida muhim rol oʻynadiCrone (1980), pp. 188–189. Aksariyat eski Abbosiylar sulolasiga mansub oilalar singari, ular ham fuqarolar urushida al-Ma’mun gʻalaba qozongandan soʻng boyliklarini saqlab qolgan holda hokimiyatni boy berdilar.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:776-yilda vafot etganlar Turkum:Misrning 8-asrdagi Abbosiy noiblari Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Abbosiylar xalifaligi noiblari Turkum:Yuqori Mesopotamiya Abbosiylar xalifaligi davrida Turkum:Xurosonning Abboisy noiblari Turkum:8-asr arablari Turkum:Tayy Turkum:Arminiyaning Abbosiy noiblari Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari