„Enjoy the Show“ () – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd hamda amerikalik repper Future tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. U XO va Republic Records orqali The Weekndning oltinchi studiyaviy albomi – Hurry Up Tomorrow tarkibida oʻninchi trek sifatida 2025-yil 31-yanvarda chiqdi. Qoʻshiq Future bilan birgalikda The Weeknd va Mike Dean tomonidan yozilgan; yuqoridagi ikki shaxsdan tashqari Tommy Rush, Cheʼ Fuego 3000, and Just da 1 prodyuserlik qilgan. Ingliz guruhi Jungledan Josh Lloyd-Watson va Lydia Kitto ham qoʻshiq mualliflari sifatida koʻrsatilgan, chunki qoʻshiqda Loaded Honeyning 2023-yilgi „Homemade Gun“ singlidan sempl ishlatilgan.
Kompozitsiyasi va matni „Enjoy the Show“ qoʻshigʻida The Weeknd oʻlim haqida oʻylashini kuylaydi. British GQ jurnalisti Josiah Gogarty uni „biti sokin, ozgina soul sempli bilan bezatilgan – Futurening qoʻshiqqa iztirobli ovozi bilan kirib kelish uchun mukammal kuy“ deb hisobladi. Billboard jurnalisti Carl Lamarre „Enjoy the Show“ qoʻshigʻini albomdagi toʻrtinchi eng yaxshi qoʻshiq deb baholadi va uni Hurry Up Tomorrow albomining birinchi yarmidagi eng yaxshi qismlardan biri sifatida taʼriflab, „The Weeknd va Future oʻz sevganlarini yoʻqotib, qaygʻuda choʻkayotgan holatda, ular orasidagi jilovlab boʻlmaydigan R&B jangi“ boʻlganini yozadi va „bu ikkisi ogʻriqni yengish uchun ikkilanmasdan giyohvand moddalarga murojaat qiladi, chunki ularning zarur ehtiyojlarini endi qondirishning umuman iloji yoʻq“.
Chartlar +„Enjoy the Show“ning chartlardagi oʻrniChart (2025)Eng yuqori oʻrin (SNEP)74 International (IFPI)15 (TOSAC)89 (AGATA)72 Heatseeker (Sverigetopplistan)6
Manbalar
Turkum:2025-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Future qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar