Carmonaning qamal qilinishi Umaviylar va Abbosiylar oʻrtasidagi harbiy toʻqnashuv boʻlib, Abbosiylar al-Andalusda oʻz hokimiyatini oʻrnatish maqsadida Abdurahmon I joylashgan Carmona shahrini qamal qilgan. Umaviylar Abbosiylarni magʻlubiyatga uchratgan va ular tomonidan uyushtirilgan bosqinni toʻxtatishga muvaffaq boʻlgan.
Tarixi 763-yilda Beja noibi al-Ala ibn Mugʻiys al-Judhamiy al-Andalusda Umaviylarga qarshi isyon koʻtardi. Abbosiylar xalifasi Abu Jafar al-Mansur al-Andalusni Abbosiylar nazorati ostiga oʻtishi uchun soʻnggi urinishni amalga oshirdi. Al-Ala Abbosiylar tomoniga oʻtdi va xalifadan moliyaviy, harbiy va maʼnaviy yordam oldi. U hatto Abbosiylar bayrogʻini ham koʻtarib, oʻzini al-Andalusning noibi deb eʼlon qildi. Umaviy shahzoda Abdurahmon esa Kordovani tark etib, tepalikdagi kuchli qal’a hisoblanmish Carmona tomon yoʻl oldiHugh Kennedy, p. 34Timothy M. Flood, p. 24Timothy Venning.
Al-Ala qal’ani ikki oy davomida qamal qildiE. J. Brill, p. 829. Oxir-oqibat, Abdurahmon Abbosiylar bu qamaldan sabrsizlana boshlaganini koʻrib, askarlariga qilichlarini qinidan chiqarishni buyurdi va 700 kishilik qoʻshini bilan kutilmagan hujumga oʻtib, Abbosiylarni dovdiratib qoʻydi. Al-Ala koʻplab Abbosiy zobitlari bilan birga halok boʻldi. Zobitlar, jumladan, al-Alaning ham boshi kesilib, tanqid va qarshilik belgisi sifatida Qayravonga, xalifaning huzuriga yuborildiHugh Kennedy, p. 34-5Timothy M. Flood, p. 24Timothy Venning.
Manbalar
Adabiyotlar Hugh Kennedy (2014), Muslim Spain and Portugal, A Political History of Al-Andalus. Timothy M. Flood (2018), Rulers and Realms in Medieval Iberia, 711–1492. Timothy Venning (2017), A Chronology of Early Medieval Western Europe. E. J. Brill’s First Encyclopaedia of Islam, 1913-1936 (1987).
Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:763 Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi qamallar