Majmua haqida umumiy maʼlumot Ushbu sayyohlik markazi „Xiva qorakoʻl“ fermer xo‘jaligi qoshida tashkil etilgan. Sayyohlik markaziga tegishli binolarda Xivaning „Ichanqal’a“ va „Dishan qalʼa“sidagi tarixiy obidalar koʻrinishini aks ettirishga harakat qilingan. Shuningdek, balandligi 36 metr boʻlgan minora, milliy uslubda bezatilgan va barcha qulayliklarga ega o‘tovlar mavjud. Bu yerda sayyohlarga tuya va otda Qizilqum choʻli boʻylab sayr qilish, markaz yonidagi koʻl uzra qayiqlarda suzish, baliq ovlash, milliy taomlar, qo‘chqor va xo'roz urishtirish tomoshasi va boshqa xizmatlar taklif etiladi. Sayyohlik xizmatlari Majmua mehmonlarga quyidagi xizmatlarni taklif etadi: Tuya va otda Qizilqum choʻli boʻylab sayr qilish Markaz yonidagi koʻl uzra qayiqlarda suzish Baliq ovlash Milliy taomlar bilan tanishish Qoʻchqor va xoʻroz urishtirish tomoshalari Bu xizmatlar sayyohlar uchun O‘zbekistonning milliy madaniyati va an'analarini yaqindan oʻrganish imkonini yaratadi . Ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati Majmua faoliyati natijasida turizm sohasida turli mutaxassisliklarga ega boʻlgan oʻnlab yoshlar ish bilan taʼminlangan. Bu esa hududda yangi ish oʻrinlari yaratish va iqtisodiy rivojlanishga hissa qoʻshmoqda . Havolalar „Xiva qorakoʻl“ sayyohlar xizmatida
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Qora ko‘l majmuasi · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.